B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

Aloqadorlik 

 
ta’limiy  tamoyillardan  biri.  Uning  yordamida  turli  fanlar, 
nazariya va amaliyot, muayyan ta’limotlar, shuningdek, ijtimoiy va tabiiy jarayonlar 
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, bir-biriga ko’rsatiladigan ta’sir o’rganiladi.  
 
Al-Xorazmiy, Muhammad Muso
 (783-850 y.y.) – alloma, matematik, qomusiy 
olim.  Mutafakkir  taxminan  783  yilda  Xorazmda  tug’ilgan.  Otasi  o’qimishli  kishi 
bo’lganligi  sababli  boshlang’ich  ma’lumotni  o’z  uyida  olgan.  Otasi  qadimgi  diniy 
urf-odatlar,  yerli  xalq  yozuvlarini  bilgan.  Diniy  va  ilmiy  adabiyotlardan  xabardor 
bo’lgan.  Bo’lajak  alloma  bolaligidayoq  ilmiy  manbalarni  o’rganish  imkoniga  ega 
bo’lgan.  Matematika  bilan  juda  jiddiy  shug’ullangan.  Sohaga  oid  barcha  asarlarni 
qunt bilan o’rgangan. U arab, fors, yunon tillarini ham o’rganib, bu tillarda yaratilgan 
asarlarni  o’qiy  olgan.  Alloma  “Al-jabr  va  al-muqobala”  asari  bilan  matematika 
fanining  rivojiga  ulkan  hissa  qo’shgan.  Asarda  matematik  amallarning  amaliyotda, 
kundalik  turmushda  faol  qo’llash  usullari  bayon  etilgan.  “Al-jabr”  keyinchalik 
matematika fanining alohida bo’limiga aylanib, “Algebra” deb nomlangan. 
Al-Xorazmiy  o’z  asarlarida  matematik  hisob-kitoblarga  oid  qoidalarni,  eng 
avval, aniq ta’riflaydi, so’ngra ularni muayyan misollar yordamida tasvirlaydi. Hisob-
kitoblarni  amalga  oshirishda  yo’l  qo’yilishi  mumkin  bo’lgan  ko’plab  xatolar 
to’g’risida ogohlantiradi. Ko’p xonali sonlar ustida amallarni bajarishda dastlab katta 
qiymatlar asosidagi (chapdagi qiymatlar bo’yicha) hisob-kitobni olib borishni tavsiya 
etadi.  Mashhur  nemis  matematigi    G.Gankel  (1839-1873  y.y.)  Al-Xorazmiy 
asarlarida  keltirilgan  matematik  qoidalarning  na  hindlar,  na  yunonlarga  tegishli 
kitoblarda e’tirof etilmaganligini ko’rsatadi. 
Ulug’  mutafakkir  Al-Xorazmiy  ijodining  eng  yuksak  namunasi  algebraning 
boshlang’ich asoslariga oid “Al-jabr val-muqabala” asari sanaladi. Mazkur asar o’sha 
davrning  an’anasiga  muvofiq  Bog’dod  xalifasi  Ma’munga  bag’ishlab  yozilgan. 
Asarning  so’zboshisida  alloma  quyidagilarni  bayon  etgan:  “Men  bu  mo’’jazgina 
risolani  hisoblash  fanida  bir  qadar  oson  va  foydali  bo’lish  bilan  birga  kishilarga 
kundalik  turmushda  asqotadigan  meros,  meros  soliqlari,  mulkni  bo’lish,  sudlov 
jarayoni, savdo-sotiq  va barcha  ishchanlik  xarkteriga  ega o’zaro  munosabatlar  –  yer 
o’lchash, kanallar qazish, geometrik hisob-kitoblarnini olib borish hamda boshqa turli 
fanlarga doir amallar asosida yaratdim”. 
Mutafakkirning  fikriga  ko’ra,  algebra  –  tenglamalar  to’g’risidagi  fan  sanaladi. 
Mutaxassislarning  e’tirof  etishlariga  ko’ra  Al-Xorazmiyga  qadar  tenglama 
matematikada  zarracha  bo’lsa-da,  ahamiyatli  rol  o’ynamagan,  mateatik  amallar 
tasodifiy  hisob-kitoblar  asosida  amalga  oshirilgan.  Masala  va  misollarni  yechishda 
umum tomonidan e’tirof etilgan metodlar mavjud bo’lmagan. Binobarin, algebra fan 
sifatida shakllanmagandi. Shuni alohida  e’tirof etish lozim, Al-Xorazmiyning buyuk 
xizmatlari tufayli Algebra  (lot. “Algoritmus” – Algoritm) Markaziy Osiyoda paydo 


 
15 
bo’lib,  fan sifatida shakllandi va Yer yuziga yoyildi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish