Shaxsning rivojlanishi
– individning fiziologik, ruhiy va intellektual o’sishini
ta’minlovchi faoliyat, xatti-harakatlarning miqdor va sifat jihatdan o’zgarishini
ifodalovchi jarayon.
Sha’ma
– ota-onalar, o’qituvchilar, yoshi kattalar tomonidan bolalar va
o’smirlarda ijobiy sifatlarni shakllantirish, ularni muayyan harakatga undash
maqsadida biror narsaga ishora tarzida bildirilgan fikr.
Sha’ma qilish
– tarbiya jarayonida bolalar va o’smirlarning xatti-harakatlari,
yurish-turishlari, odob-axloqlarini bevosita yoki bilvosita kuzatish, baholash orqali
ularning to’g’ri yoki noto’g’riligi to’g’risida ma’lum xulosaga kelganlikni zimdan
bildirib, ishora qilib o’tish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |