Shaxsning rivojlanganlik darajasi
– shaxsning fiziologik, ruhiy va intellektual
o’sishini ta’minlovchi faoliyati, xatti-harakatlarining miqdor va sifat jihatdan
o’zgarishlar bilan belgilanadigan holat.
Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
– shaxsning kamol topishi,
ruhiy, aqliy va jismoniy jihatdan rivojlanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi ta’sir
(omil)lar. Pedagogika, psixologiya va falsafa fanlarida individning shaxs sifatida
rivojlanishiga irsiyat (biologik omillar), muhit (ijtimoiy omillar) hamda tarbiya kabi
omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon
davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |