B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet456/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

O’zlikni  anglash
  –  shaxs  tomonidan  o’z-o’zini  tushunishga  erishish  asosida 
shaxsiy  psixologik  va  fiziologik  xususiyatlar  mohiyatini  anglab  yetish.  “O’zlikni 


 
253 
anglash”  tushunchasi  psixologik  kategoriya  sanalsa-da,  biroq,  shaxs  ma’naviyati  va 
uni  shakllantirish  masalalari  o’ziga  xos  dolzarblik  kasb  etgan  mavjud  sharoitda 
falsafiy,  ma’naviy-axloqiy  tushunchasi  sifatida  ham  keng  qo’llanilmoqda.  O’zlikni 
anglash  “o’z-o’zini  anglash”,  “o’z-o’zini  bilish”  kabi  tushunchalar  orqali  ham 
ifodalanadi.  Pedagogik  nuqtai  nazardan,  o’zlikni  anglash  shaxs  tomonidan  o’z 
“meni”ni  tushunish,  o’z  xarakteri,  xulq-atvori,  xatti-harakatlari,  qobiliyatlari,  o’z 
qadr-qimmati va g’ururini baholay olish, jamiyatda, oilada, bolalar jamoasi (umuman 
jamoada,  mehnat  jamoasida  va  b.)  da  tutgan  o’rni  belgilay  bilish,  atrofdagilarning 
unga,  uning  atrofdagilarga,  qolaversa,  tabiatga  bo’lgan  munosabatini  anglab  yetishi 
sanaladi. O’zlikni anglash jarayoni shaxsda juda yoshlikdan boshlanib, butun hayoti 
davomida kechadi, ongda tashqi dunyoning aks etishi kabi o’zini o’zi tushunish ham 
bosqichma-bosqich ro’y beradi.  
Shaxs tomonidan o’zlikning anglanishi uning o’z-o’zini baholashi bilan bog’liq. 
Psixologiyada  shaxsning  o’z-o’zini  baholashi  uchun  quyidagi  uch  omil  muhim 
ekanligi  ta’kidlanadi:  1.  O’zini  tushunish  (o’zi  haqida  aniq  ma’lumotlarga  ega 
bo’lish).  2.  Shaxs  sifatida  o’z  qadr-qimmatini  anglash  (o’zi  to’g’risida  ijobiy 
ma’lumotlarni  to’plash).  3.  O’z-o’zini  nazorat  qilish  (o’zi  to’g’risidagi  shaxsiy 
bilimlarning  atrofdagilar  tomonidan  u  haqida  bildirayotgan  fikrlar  bilan  o’zaro 
muvofiq kelishi).  
O’z-o’zini  baholash  darajasi  shaxsning  o’zidan  o’zi  qoniqishi  yoki 
qoniqmasligini  belgilab  beradi.  Buning  uchun  o’zini  o’zi  baholash  ko’rsatkichlari 
shaxs  imkoniyatlariga  mos  kela  olishi  lozim.  O’zini  o’zi  oshirib  yoki  pasaytirib 
ko’rsatish  o’z-o’zini  baholash  ko’rsatkichlarining  noto’g’ri  bo’lishiga  olib  keladi. 
Ko’plab manbalarda shaxs tomonidan o’zini o’zi baholash quyidagi formula bo’yicha 
aniqlanishi maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi: 
 
 
 
Formulaga  ko’ra,  qandaydir  yutuqqa  erishgach,  shaxs  o’zini  o’zi  yuqori 
baholashi  (yutuqlar  hissasini  oshirishi)  yoki  o’ziga  nisbatan  qo’yayotgan  talablarni 
pasaytirishi hisobiga amalga oshiriladi.  
O’zlikni (o’zini o’zi) anglashning asosiy yo’llari quyidagilar hisoblanadi: 1) boshqa 
shaxslarniki  bilan  solishtirgan  holda  o’zi  faoliyati  va  xulq-atvorini  tahlil  qilish;  2) 
o’zini  o’zi  kuzatish    (o’z  o’y-xayollari,  his-tuyg’ulari,  u  yoki  bu  voqea-hodisalarga 
nisbatan  munosabatini  o’rganish  orqali  video  va  audio  yozuvlar  orqali  o’zini  o’zi 
tashqi yoki ichki kuzatish); 3)  o’z-o’ziga ishonish (o’ziga o’zi hisobot berish).  
Shaxsning  o’zini  o’zi  anglashida  uning  ma’naviy  qadriyatlarga  egaligi  ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, shaxs ega bo’lgan qadriyatlar, xususan, ma’naviy 
qadriyatlarning  o’zi  uning  kimligi  to’g’risida  ma’lumot  bera  oladi.  Oilada  va  ta’lim 
muassasalarida  yoshlarga  har  bir  shaxs  hayotida  muhim  o’rin  tutadigan  ma’naviy-
axloqiy  qadriyatlar  –  tinchlik,  ozodlik,  erkinlik,  adolat,  haqiqat,  ijtimoiy  tenglik, 
go’zallik,  insoniyat  tomonidan  yaratilgan  moddiy  va  ma’naviy  boyliklar,  milliy 
an’analar,  urf-odatlar,  g’urur,  or-nomus,  hayo-ibo,  insoniy  qadr-qimmat,  nikoh  va 
oila  muqaddasligi,  inson  va  oila  sha’ni,  sulola  an’analari  va  b.  to’g’risida 
tushunchalar  berib  borish  orqali  ularda  mazkur  qadriyatlarni  asrab-avaylash, 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish