Axborotning shaxsga ta’siri
– axborot vositasida shaxs ongi, ijtimoiy voqea-
hodisalar, turli jarayonlar va ijtimoiy munosabatlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etish
orqali ularni kuchaytirish, mavjud holatni o’zgartirish.
Axborot resurslari
–
moddiy jismlardagi yoki axborot tizimi tarkibidagi
axborotlar, ma’lumotlar bazalari, omborlari, arxivlar, kutubxonalar, muzeylar fondi,
dasturiy mahsulotlar va b. ko’rinishdagi ma’lumotlar zahirasi.
Axborot-resurs markazi
–
bosma nashrlar va audioviuzal manbalari to’planib,
saqlanadigan va kitobxonlarga foydalanish uchun beriladigan markazlashtirilgan
muassasa.
Axborot savodxonligi
– mavjud axborotlardan xabardor bo’lish, ulardan
foydalanish, muhim va zarur axborotlarni ajrata olish, ulardan foydalanish borasidagi
dastlabki ko’nikmalariga egalik.
Do'stlaringiz bilan baham: |