B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Rektor 
(lot.  “rector”  –  boshqaruvchi,  rahbar)  – 
1)
  oliy  o’quv  yurtlari  (institut, 
universitet, akademiya) rahbari; 
2)
 oliy o’quv yurtlaridagi rahbarlik lavozimi. Mazkur 
lavozim  o’rta  asrlarda  Yevropa  oliy  o’quv  yurtlarida  joriy  qilingan.  Bunga  qadar 
ta’lim  muassasalari  faoliyati  ustidan  cherkov  nazoratining  o’rnatilishi  salbiy 
oqibatlarga  olib  kelgan.  Ta’lim  muassasalariga  cherkov  ta’limiga  keskin  raqobatchi 
sifatida munosabatda bo’lingan. Shu sababli cherkov xodimlari ta’lim muassasalarida 
o’quv  dasturlarini  qisqartirib,  o’qituvchilarning  nomzodini  ko’rib  chiqa  boshlagan. 
Shahar  maktablari  bunday  nazoratga  keskin  qarshi  chiqadi.  Ular  dasturlarni 
tasdiqlash,  o’qituvchilarni  tayinlash  huquqiga  ega  bo’lish  uchun  kurashdi.  Ta’lim 
muassasalari  faoliyati  ustidan  cherkov  nazoratiga  barham  berish  uchun  shahar 
maktablari o’z jamoalari orasidan bir nafar pedagogni yetakchi etib tayinlay boshladi. 
Yetakchi  yetib  tayinlangan  pedagog  rektor  deb  nomlangan.  Yevropa  Uyg’onish 
davrida  o’quv  yurtlarining  yetakchi  o’qituvchisini,  ko’p  sinfli  maktablarning 
mudirlarini  ham  rektor  deb  yuritish  rasm  bo’lgan.  Fransiyada  o’quv  okrugi 
(akademiya) rahbarligini bajaruvchi shaxsni ham rektor deb atash rusm bo’lgan. 
O’rta asrlarda ta’lim muassasasining rektori maktab faoliyatini boshqarish uchun 
yordamchilar  –  o’qituvchilarni  tanlash  (ularning  aksariyati  universitetlarning 
talabalari bo’lardi), ular bilan shartnoma tuzish, o’qituvchilarga haq belgilash va uni 
to’lash, shartnoma muddati tugagan  o’qituvchilarni ishdan bo’shatish kabi vaziflarni 
bajarardi.   
XVIII-XIX  asrlarda  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarida  o’quv  muassasasining 
rahbari  direktor  deb  yuritilgan.  Faqat  1939  yilga  kelibgina  rektorlik  lavozimi  qayta 
tiklangan.  1970  yilgacha  rektorlik  lavozimi  juda  kamdan  kam  universitetlarda  joriy 
etilgan  bo’lib,  qolgan  oliy  ta’lim    muassasalarining  aksariyatida  rahbarlik  lavozimi 
“direktor” deb yuritilgan. 
Zamonaviy  sharoitda  OTMning  bevosita  boshqaruvi  rektor  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  O’zbekistonda  davlatga  tegishli  OTMning  rektorlari  O’zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  nodavlat  OTMning  rektorlari  Ta’sischilar 
tomonidan  tayinlanadi.  OTM  faoliyati  natijalari  uchun  javobgarlik  to’liq  rektor 
zimmasiga  yuklanadi.  Oliy  ta’limning  DTSni  amalga  oshirilishining  alohida 
javobgarligi ham OTM rektorining zimmasidadir. 
OTMga  rektor  etib  tayinlanadigan  shaxs  oliy  kasbiy  ma’lumot,  boshqaruv 
qobiliyati, ilmiy daraja, ilmiy unvon hamda kamida 5 yillik ilmiy va ilmiy-pedagogik 
ish stajiga ega bo’lishi lozim. O’zbekiston Respublikasida OTMga rektorni tayinlash 
to’g’risidagi  taklifni  ilgari  surish  vakolati  Vazirlar  Mahkamasi  zimmasiga 
yuklatilgan.  OTM  rektor  Respublika  Prezidenti  tomonidan  tayinlanadi.  SHu  bilan 
birga  OTMga  rektorlikka  nomzodni  ta’lim  muassasasining  Ilmiy  kengashi  ham 
tavsiya etishi mumkin.      
Zamonaviy  sharoitda  OTM  rektori  quyidagi  vakolatlarga  ega:  OTM  ishchi-
xodimlari  va  talabalari  uchun  majburiy  bo’lgan  buyruq  va  topshiriqlarni  chiqarish; 


 
173 
OTM  prorektorlarining  aniq  majburiyatlarini  belgilab  berish;  ilmiy-pedagog 
xodimlar, xizmatchilarni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda 
ishga  qabul  qilish  va  ishdan  bo’shatish;  OTM  tarkibiga  kiruvchi  fakultet,  markaz, 
bo’lim,  bo’linmalarning  faoliyat  yo’nalishlarini  aniqlab  berish  va  ularning 
Nizomlarini  tasdiqlash;  ta’lim  muassasasi  pedagog-xodimlari  va  xizmatchilarining 
lavozimli  maoshlarini  oshirish  yoki  qo’shimcha  to’lovlarni  belgilash;  muassasa 
Kasaba  uyushmasi  qo’mitasi  yoki  boshqa  davlat  organi  bilan  kelishilgan  holda 
OTMning  ichki  tartib-qoidalarini  tasdiqlash;  OTMda  qabul  komissiyasiga  raislik 
qilish;  bakalavriat, magistratura, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga talaba va 
doktorantlarni  qabul  qilish,  ularni  talaba,  aspirant  va  doktorantlar  safidan  chetlatish 
yoki chiqarish; OTM Ilmiy kengashi faoliyatiga rahbarlik qilish; talabalarning Davlat 
attestatsiyasiga raislik qilish; qonunchilikda ko’rsatilgan boshqa vakolatlarni bajarish.  
Rektor  byudjetdan  ajratilgan  hamda  oylik  maosh  fondi  mablag’lari  chegarasida 
OTM  pedagog-xodimlari,  xizmatchilarining  lavozim  maoshlari  ta’rif  setkasi  va 
oyliklarga  o’rnatilgan  limitlardan  kelib  chiqib,  oliy  ta’limni  boshqarish  bo’yicha 
davlatning  vakolatli  organi  bilan  kelishilgan  holda  ilmiy  kengashning  maslahatiga 
ko’ra fakultetlarni ochish va yopish; Respublika  qonunchiligi asoslari hamda  “OTM 
faoliyati  to’g’risida”gi  Nizom  talablariga  ko’ra  OTM  nomidan  faoliyat  yuritish; 
OTMning  mulkiga  belgilangan  tartibda  egalik  qilish;  davlat  akkreditatsiyasidan 
o’tgan tashkilot, muassasa va korxonalar, shuningdek, xalqaro me’yorlarga muvofiq 
xorijiy  mamlakatlarning  ta’lim  muassasalari  bilan  shartnomalar  tuzish;  OTM 
nomidan  ishonchnomalarni  taqdim  etish;  davlat  tasarrufidagi  banklardan  birida 
OTMning  hisob  raqamini  ochish;  O’zbekiston  Respublikasi  OTMga  ajratilgan 
shtatlarga dekan va dekan o’rinbosarlarini tayinlash huquqiga ega.  

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish