1-masala*. Agar aa gomozigotali individlar populyatsiyaning 1 foizini tashkil qilsa, u holda AA va Aa genotiplarga ega bo’lgan individlarning uchrash chastotalarini aniqlang.
2-masala*. Quyidagi populyatsiyalarda A alleli (p) va a alleli (q) ning uchrash chastotalarini aniqlang:
a) AA = 36%, Aa = 48%, aa = 16%;
b) AA = 64%, Aa = 32%, aa = 4%;
v) AA = 49%, Aa = 42%, aa = 9%.
3-masala*. Odam populyatsiyasi 51% yoki 0,51 chastotada jigarrang ko’zli hamda 49% yoki 0,49 chastotada ko’k ko’zli individlardan tashkil to’gan. Mazkur populyatsiyada A va a allellari, AA, Aa genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang (jigarrang ko’z ko’k ko’z ustidan to’liq dominantlik qiladi).
4-masala. Quyidagi populyatsiyalarda A alleli (p) va a alleli (q) ning uchrash chastotalarini aniqlang:
a) AA = 48%, Aa =38%, aa = 14%;
a) AA = 54%, Aa = 36%, aa = 10%;
a) AA =46%, Aa =42%, aa =12%.
5-masala. Ikkita populyatsiya quyidagi genotipik chastotalarga ega:
birinchisi - 0,24 AA, 0,32 Aa va 0,44 aa
ikkinchisi - 0,33 AA, 0,14 Aa va 0,53 aa.
panmiksiya holatida keyingi avloddagi genotiplarning nisbati qanday bo’ladi?
6-masala. Quyidagi chastotalarga ega bo’lgan individlar guruhi mavjud:
1) 60% AA va 40% aa;
2) 50% AA, 30% Aa va 20% aa;
3) 30% AA, 40% Aa va 30% aa.
panmiksiya holatida AA, Aa va aa genotiplarning ikkinchi avloddagi chastotasini aniqlang.
7-masala. Ayrim aholi populyatsiyalarida alg’binoslar (aa) 0,00005 chastota bilan uchraydi. A va a allelarining hamda AA va Aa genotiplarning populyatsiyadagi chastotasini aniqlang.
8-masala. Yevropa populyatsiyalarida albinizm 7x10-10 miqdorda uchraydi. populyatsiyada alg’binizmni tashuvchi 1 ta odam barcha odamlar sonining qanchasiga to’g’ri kelishini aniqlang.
9-masala. Retsessiv gen orqali belgilanadigan fruktozuriya aholi o’rtasida 7x10-5 chastotada uchraydi. Dominant va retsessiv allellarning hamda har xil genotiplarning populyatsiyadagi chastotalarini aniqlang.
10-masala. populyatsiyada kasallik 400 kishidan 1 taga to’g’ri keladi. Kasallik tashuvchining hissasini va populyatsiyadagi genotiplarning chastotalarini aniqlang.
11-masala. SHaharda aholining qon gruppalari aniqlab chiqilganda 4200 kishidan 1218 tasi M, 882 tasi N va 2100 tasi MN qon gruppasiga ega ekanligi mahlum bo’lgan. populyatsiyada allellarning chastotasini aniqlang.
12-masala. Odamlarning uchta populyatsiyasida qon gruppasi M-N tizimi bo’yicha o’rganilganda, quyidagi natijalar olingan:
1. AQSH ning oq tanli aholisining populyatsiyasida M qon gruppasiga ega aholi 29,16% ni, N qon gruppasiga ega aholi 21,26% ni va MN qon gruppali aholi 49,58% ni tashkil qilgan;
2. SHarqiy Grenlandiya eskimoslari populyatsiyasida M qon gruppasiga ega kishilar 83,49% ni, N gruppalilar 0,88% ni va MN gruppalilar 15,64% ni tashkil qilgan;
3. Avstraliyaning tub aholisi populyatsiyasida M gruppalilar 3,0% ni, N gruppalilar 67,4% ni va MN gruppalilar 29,6% ni tashkil qilgan. Har uchchala populyatsiyada M va N allellarning uchrash chastotasini aniqlang.
13-masala. 280000 aholisi bor tumanda retsessiv holda nasldan-naslga o’tadigan kasallik 7 ta bolada aniqlangan. Bu kasallikni belgilovchi retsessiv allelning va uni tashuvchi geterozigotali genotipning chastotasini aniqlang.
14-masala. Yevropa shaharlaridan birida qon gruppasining M-N tizimi bo’yicha aholi o’rtasida tekshiruv o’tkazilganda, 11163 kishi MM genotipiga, 15267 kishi MN genotipiga va 5134 kishi NN genotipiga ega ekanligi aniqlangan. O’rganilgan populyatsiyada M va N allellarning chastotasini aniqlang.
15-masala. Yer shari aholisi o’rtasida qon gruppasi ABO tizimi bo’yicha to’rt xilda va turli tartibda uchraydi. Mahlumotlarga ko’ra, Amerika hindularining ko’pchilik qabilalarida qon gruppalari faqat I yoki II bo’ladi. Ayrim qabilalarda esa qon gruppalari I yoki III bo’lar ekan.
Agar populyatsiyada kishilar I (OO) va II (AA, AO) qon gruppalariga ega bo’lib, aholining 98% i birinchi qon gruppasiga ega bo’lsa, bu populyatsiyaning genetik tarkibini aniqlang.
Agar populyatsiyada kishilar I (OO) va III (BB, BO) qon gruppasiga ega bo’lsa va aholining 83% ida I qon gruppasi kuzatilsa, bu populyatsiyaning genetik tarkibi qanday bo’ladi?
Mavzu:Sitogenetik va populyatsion statistik usul mavzusiga doir masalalar.
Tayyorladi:Jo’rayeva Nilufar
Do'stlaringiz bilan baham: |