B A YO N N O M A S I № 9
20.01.2023 yil “ Yoshlik “ mahallasi
Yig’ilish raisi: O.Mamajonov
Qatnashdilar: Denov tuman IIB HPB VEMB katta inspektor-psixologi leytenant F.Xudoyberdiev, maktab MMIBDO‘ Sh.Omonturdiyev, maktabning barcha yuqori sinf o‘quvchilari.
Kun tartibida:
1. Maktabda o‘quvchilar davomati, Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, o‘quvchilar o‘rtasida ta’qiqlangan o‘tkir tig‘li jismlarning olib yurilishiga qarshi o‘tkazilgan “Tig‘” tadbiri natijalari haqida
E Sh I T I L D I:
Yig‘ilishni maktabning MMIBDO‘ Sh.Omonturdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida maktabdagi o‘quvchilar davomatining ahvoli, sababsiz dars qoldirishning oqibatlari va voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.O’z so’zida o’quvchilar sababsiz dars qoldirsa ota-onasini 47-moddaga tortilishini aitib o’tdi.O’quvchilar o’rtasida xar-hil jinoyatlar sodir etilmoqda shuning uchun o’quvchilar manshu jinoyat qiloyatgan yoshlarimizning keljagi,taqdiri nima bo’lishni o’yilab ko’ringlar xar bir bola darsdan bo’sh vaqtlari to’garaklarga qatnashish kerak.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Denov tuman IIB HPB VEMB katta inspektor-psixologi leytenant F.Xudoyberdiev so‘zga chiqib, hozirgi kunda tumanda voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar va ularning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida o‘quvchilarga tushunchalar berdi.
Muhtaram Prezidentimizning yoshlar tarbiyasiga qaratayotgan e’tiborlari tufayli o‘qituvchilar va o‘quvchilar majburiy mehnatdan va bunga javoban yoshlar faqat a’lo o‘qishlari bilan javob qaytarishlari lozimligi ta’kidlandi.
O‘quvchilar o‘rtasida ta’qiqlangan o‘tkir tig‘li jismlarning olib yurilishiga qarshi “Tig‘” tadbiri o‘tkazildi va o‘quvchilarning sumkalari ko‘zdan kechirilganda xar hil darsga kerakli bo’lmagan narsalar chiqibqolish xolatlari kuzatilmoqda. O‘quvchilarga tig‘li jimslarning olib yurmaslik tushuntirildi.
Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan
Y I G‘ I L I Sh Q A R O R Q I L A D I :
Yuqorida aytilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan vazifalar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktab o‘quvchilarining darsga qatnashishlari davomati, uzluksiz dars qoldiruvchi o‘quvchilarni aniqlash va ularni darsga jalb qilish maktab MMIBDO‘ Sh.Omonturdiyev va barcha sinf rahbarlarga yuklatilsin.
3. Ushbu qarorning bajarilish nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Kotib: A.Karamatov.