“TASDIQLAYMAN”
Narpay tuman kasb-hunar
maktabi direktori:
X.Xo’jayarov
«____»____________ 2022 y.
Narpay tuman kasb-hunar maktabida o’tkazilgan majlis
B A YO N I
2022 yil __-iyun Oqtosh shahar
Raislik qiluvchi: X.Xo’jayarov- Narpay tuman kasb-hunar
maktabi direktori
Kotiblik qiluvchi: D. Isoqulov
Qatnashdilar: Barcha o’qituvchilar, tuman hokimlik hodimi, mahalla faollari, mahalla profilaktika inspektori .
K U N T A R T I B I:
Fuqaro Toshmurodova Xikoyat maktabning 108-guruh o’quvchisi Murodulloyev Boymurod Ravshan o’g’lini o’z nazorati ostida Rossiya Federatsiyasining Sankt Piterburg shahriga o’qishni davom ettirish uchun olib ketish yuzasidan.
Yig’ilishni raislik qiluvchi kirish so’zi bilan ochib, yig’ilish ishtirokchilarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. Maktab direktori mavzu yuzasidan o’quvchi B. Murodullayevni Rossiya Federatsiyasining Sankt Piterburg shahriga o’qishni davom ettirish uchun olib ketishi haqida quyidagilarni bildirdi. Voyaga yetmagan Murodulloyev Boymurod Ravshan o’g’li hozirda maktabning 108-guruhida ta’lim olib kelishligi, Murodulloyev Boymurod Ravshan o’g’li Rossiya Federatsiyasining Sankt Piterburg shahrida o’qishni davom ettirishi ta’kidlab o’tdi.
Toshmurodova Xikoyat murojati bo’yicha so’zga chiqqan boshqalar ham ko’plab fikr mulohazalarni bildirib o’tishdi.
Shuningdek, yig’ilishda so’zga chiqqanlarini tushuntirishlarni va izohlari eshitildi.
Yuqoridagilarga asosan,
YIG’ILISH QAROR QILADI:
Toshmurodova Xikoyatning maktab o’quvchisi B. Murodullayevni o’z nazorati ostida Rossiya Federatsiyasining Sankt Piterburg shahriga o’qishni davom ettirish uchun olib ketishi yuzasidan qilingan murojaati, ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
X. Toshmurodovaning maktab o’quvchisi B. Murodullayevni o’z nazorati ostida Rossiya Federatsiyasining Sankt Piterburg shahriga o’qishni davom ettirish uchun olib ketish yuzasidan qilingan murojaati qanoatlantirilsin.
X. Toshmurodovaning maktab o’quvchisi B. Murodullayevni o’z nazorati ostida Rossiya Federatsiyasining Sankt Piterburg shahriga o’qishni davom ettirish uchun olib ketishi yuzasidan qilingan barcha hujjatlarni tayyorlashni va yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim qilish hamda bayonnoma ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Bayonnoma nusxasi tegishli tartibda voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha tuman idoralararo komissiyasiga taqdim qilinsin.
Kotiblik qiluvchi: D. Isoqulov
Do'stlaringiz bilan baham: |