B. A. Xakimov biologiya fanidan masalalar



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/223
Sana08.02.2022
Hajmi6,45 Mb.
#435196
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   223
Bog'liq
Biologiyadan masalalar to\'plami

Yechilishi: 
jadvaldan topamiz. Ikkita gonologik xromosoma o‘zaro birlashib, bitta 
xromotidalar tetradasini hosil qiladi. 46 ta gomologik xromosomadan 23ta hosil bo‘ladi Har bir 
xromosoma tarkibida ikki hissa ko‘p DNK ( xromotid ) bo‘ladi. Shuning uchun ikkita gomologik 
xromosoma juftlashganda ulardagi DNK (xromotidlar) 4 ta bo‘lib ketadi. Bu esa xromotidalar 
tetradasi deyiladi. 
 
7.Qalampirning diploid navi changdonidagi mikrosporalar soni uning somatik hujayrasi 
yadrosidagi xromosomalari sonidan 8 marta ko‘p miqdorda yetildi, deylik.Agar urug‘lanish 
jarayonida faqat 192 ta spermiy ishtirok etgan bo‘lsa, urug‘lanish jarayonida ishtirok etmagan 
spermiylar necha foizni tashkil etadi? 
Yechim:
Qalampir o‘simligining somatik hujayrasidagi xromosomalar soni 48 ta, jinsiy 
hujayrasida xromosomalar soni 24 ta bo‘ladi. Changdondagi mikrosporalar soni somatic hujayra 
yadrosidagi xromosomalar sonidan 8 marta ko‘p bo‘lsa, 48x8=384 ta mikrosporalar yetilgan 
ekan. 384ta mikrosporaning har biri mitoz yo‘li bilan bo‘linib, bitta yirik vegetativ va bitta mayda 
generativ hujayra hosil qiladi.Demak, 384 ta vegetativ hujayra va 384 ta generativ hujayra hosil 
bo‘ladi. Generativ hujayra yadrosi ikkiga bo‘linadi. Sunday qilib, urug‘lanish jarayoni uchun 
384ta changchi ishtirok etadi. Uning ikkiga bo‘linishi natijasida 768 ta spermiy hosil bo‘ladiAgar 
urug‘lanish jarayonida 192 ta spermiy ishtirok etgan bo‘lsa, 768-192=576 ta spermiy ishtirok 
etmagan 
bo‘ladi. 
Urug‘lanishda 
ishtirok 
etmagan 
spermiylarning 
foizini
hisoblaymiz.576x100\768 75%i ishtirok etmagan ekan. 
8.Uy tovug‘ining somatik hujayrasida 78tadan xromosoma bo‘lsa, uning hujayrasida 
interfazaning
davridagi hujayra yadrosida nechta xromatid bo‘ladi? 
Yechim:
Interfazaning uchta davri bo‘lib: 
1)
(DNK sinteziga tayyorgarlik davri).Bun da hujayra yadrosidagi xromosomalar soni 
ham, DNK (xromatid) lar soni ham o‘zgarmaydi. 78 ta xromosoma, uning tarkibida shuncha 
miqdorda DNK(xromatid) mavjud. 
2)
S (sintez davri). Bu davrda DNK miqdori ikki hissa ortadi. DNKning ikki hissa ortishi 
natijasida har bir xromosomada ikki barobar ko‘p DNK(xromatid) hosil bo‘ladi.Masalan:78 ta 
xromosoma, lekin 156 ta DNK yoki shuncha xromatid bo‘ladi.


109 
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
3)
(sintezdan keying davr).Bu davrda interfaza yakunlanadi.S davrdagi xromosomalar va 
xromatidalar miqdori o‘zgarmasdan saqlanadi. Ya‘ni bu davrda ham xromosomalr soni 78 ta, 
xromatidalar soni 156 ta bo‘ladi. Interfazadan so‘ng mitoz yoki meyoz bo‘linish boshlanadi. 
9.Blostomerlari 16 taga yetgan tulki embrionida jami xromosomalar soni 608 ta bo‘lsa, tulki 
tana hujayrasida interfazaning davrdagi hujayra yadrosida nechta xromatid bo‘ladi? 
Yechim:
16 ta blostomerlari jami xromosomalar soni 608 ta bo‘lsa, bitta blostomerdagi
xromosomalar sonini topamiz. 608/16=38. Demak, tulkining bitta blastomer hujayrasi yadrosida 
38 ta xromosomalar bo‘lar ekan. Blostomerlardagi xromosomalar to‘plami diploid (juft) bo‘lib, 
somatik (tana) hujayrasi yadrosidagi xromosomalar soniga teng.Interfazaning S davrida DNK 
reduplikatsiyaning kuzatilitishi natijasida bitta xromosoma tarkibida ikki hissa ko‘p DNK
(xromatid) hosil bo‘ladi.Shunday qilib, tulkining tana hujayrasi interfaza davrining davrida 
38 ta xromosoma, 76 ta DNK (xromatid) bo‘ladi.
10.Olchaga nisbatan 3 barobar ko‘p xromosomaga ega o‘simlikning mitoz sikli interfazadan 
so‘ng DNK sonini aniqlang. 
Yechim:
Olchada xromosomaning gaploid to‘plami 16, diploid to‘plami 32ga teng. Olchaning 
diploid to‘plamiga nibatan 3 barobar ko‘p xromosomaga ega o‘simlikda 96 ta xromosoma bo‘ladi. 
davrida interfaza yakunlanadi. Shu vaqtda noma‘lum o‘simlikning DNK soni S davridagi 
reduplikatsiya jarayoni tufayli ikki hissa ko‘p bo‘ladi. Shunday qilib, noma‘lum o‘simlikning 
interfazadan so‘ng xromosomalar soni 96ta, DNK soni 192 ta bo‘ladi. 
11.Karam hujayrasida mitoz siklining, S va bosqichidagi xromosomalar sonini aniqlang. 
Yechim:
Karamning gaploid to‘plamida 9 ta, diploid to‘plamida esa 18 ta xromosoma bo‘ladi. 
Mitoz sikli interfazaning
davrida xromosomalar soni 18taligicha saqlanadi, faqat tarkibida 
DNK miqdori ikki hissa ortadi,xolos. davrida xromosomalar soni ham 18 ta bo‘lib qolaveradi. 
12.Uy tovug‘ining xromosomalari to‘plami n-39 bo‘lsa, diploid to‘plami 2n-78 ta bo‘ladi. Teri 
hujayrasi yadrosida 78 ta xromosoma bo‘ladi. Teri hujayrasi yadrosida reduplikatsiya jarayonida 
DNK miqdori ikki hissa ortadi.
Ya‘ni har bir xromosoma tarkibida ikki hissa ko‘p DNK hosil bo‘ladi. 78ta xromosoma 
tarkibida 156ta DNK bo‘ladi. Reduplikatsiyadan so‘ng faqat DNK miqdori ortadi, lekin 
xromosomalar soni o‘zgarmaydi.

Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish