Komplementar genlar
- allel boimagan genlar bo‗lib, ular birgalikda maium bir belgini
rivojlantiradi, ya‘ni toidiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi.
Kon‘yugatsiya
— meyozning 1 profazasida gomologik xromosomalaming uzunasiga
qo‗shilishi. Ayrim holatlarda u krossingoverga sababchi boiadi.
Konkordantlik
– egizaklarning qandaydir belgiga nisbatan o‗xshashligi. Monozigotalar va
dizigotalarda konkordantlik va diskordantlikni solishtirish egizaklar usulining asosini tashkil
qiladi. Bu usul yordamida belgi (kasallik) rivojlanishida muhit va irsiyatning munosabatli rolini
aniqlash mumkin.
Konvergensiya
— lotincha converger — yaqinlashish. Tabiiy tanlanish natijasida kelib
chiqishi har xil organizmlarning bir sharoitda o‗xshash bo‗lishi.
Korrelyatsiya
— lotincha korrelyatsio — o‗zaro munosabat. Korrelyativ o‗zgaruvchanligiga
binoan tananing bir qismining o‗zgarishi ikkinchi qismining o‗zgarishiga sababchi bo‗ladi.
Korrelyativ
organlar o‗zaro bog‗liq organlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |