Badiiy konstruksiyalash
- tabiiy-ilmiy, texnik, gumanitar bilimlar,
muhandislik loyihalash va badiiy fikrlash elementlarini birlashtiradigan kompleks
sohalararo konstruktorlik - badiiy faoliyatdir. 6.4-rasmda badiiy konstruksiyalash
jarayonining sxemasi keltirilgan.
Dizaynning asosiy muammosi - estetik jihatdan "mutanosib", "mos",
"butunlik" deb baholangan obyektiv dunyoni yaratishdir.
Dizayner "insonga insoniy munosabatda bo‘lish" qobiliyatiga ega bo‘lgan,
ya’ni estetik qiymatga ega bunday mahsulot va vositalarni yaratadi,
Sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash (loyihalash) faqatgina konstruktor,
texnolog va dizaynerlar bir–birlari bilan yaqin ijodiy munosabatlarda va har biri
boshqasining vazifasini va uning ahamiyatini tushunganidagina kerakli natijaga
olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |