B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/99
Sana14.04.2022
Hajmi2,19 Mb.
#550930
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99
Bog'liq
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Baliqlarning rangi. 
Baliqlarda uchraydigan kumushrang guanin moddasiga, boshqa 
ranglar esa pigmentli hujayralar — xromatoforlarga bog‘liq. Xromatoforlar nerv ta’sirida
rangini o‘zgartiradi, bu esa baliqning hayotida katta ahamiyatga ega. Baliqning rangi bilan tana 
shakli uni dushmandan muhofaza etadi. CHunonchi, kapalakbaliqning tiniq rangi uni 
xaspo‘shlab, dushmandan saqlasa, ustidagi ingichka tikanlari g‘animini cho‘-chitib qochiradi,
qora xoli esa aldaydi. Kirpibaliq esa o‘zini dushmandan saqlash uchun ichini havo bilan 
to‘ldirib, tikanli sharga aylanib qoladi va hech qanday yirtqich unga tegishga jur’at etolmaydi. 
Dengiz ninasining xira rangi va qamishga o‘xshash uzun tanasi suvo‘tlarorasida uni begona 
ko‘zdan pana qiladi. Bundan tashqari, baliqlarning rangi jinsiga, yoshiga va hatto kayfiyatiga 
qarab ham o‘zgaradi. Suvning ustki qatlamida hayot kechiruvchi pelagik baliqlar rangi 
muhitning rangiga mos bo‘lib, tanasining orqa tomoni va qisman yonlari qoramtir yoki ko‘m-
ko‘k, qorin va qisman yonlari kumushrang bo‘ladi. Bu xil rang baliqni xaspo‘shlab, ham 


tepadagi, ham pastdagi dushman ko‘zidan asraydi. Olabug‘a, cho‘rtan, dengiz toshboshi kabi 
suvo‘tlar orasida yashaydigan baliqlarning rangi ham shu joyga moslashgan bo‘lib, orqa va 
qisman yon tomonlari jigarrang, ba’zan ko‘kimtir yoki sarg‘ish rangda, bundan tashqari, ustida 
bir talay yo‘llari bo‘ladi. Marjon orollarida yashaydigan baliqlarning rangi ham har xil. Kambala
kabi suvosti baliqlarining rangi ham o‘z muhitiga munosib. Gala bo‘lib yuradigan 
baliqlarning tanasida rangli nishon bo‘-ladi. U galadagi baliqlar bir-birlariga qarab, ma’lum
tomonga suzishlariga yordam byeradi. Bunday nishonlarning shakli turlichadir. CHunonchi, 
katta gala bo‘lib yuradigan Amur golyanining nishoni yon tomoniga ko‘ndalang tushgan qora 
yo‘ldan iborat, taxirbaliqning dumi va elka suzgichida qora yo‘li bor, yirik gala hosil qiladigan 
pikshaning esa birinchi orqa suzgichi ostida bitta qora xoli bo‘ladi. Kambala, buqabaliq, 
skorpena kabilar yashaydigan joyining rangiga qarab o‘z tusini o‘zgartirish xususiyatiga ega. 
SHuningdek, yoshiga qarab rangini o‘zgartiradigan baliqlar ham oz emas. Masalan, losos,
gulmohi kabi baliqlarda chavoqlarining tanasi ustida bo‘ladigan qora xollar ular o‘sgan sari
yo‘qolib ketadi. Tikanbaliq, losos kabilarning yerkaklarida urchish davrida rang o‘zgarishidan 
iborat «nikoh libosi» yuzaga keladi. SHuningdek, baliqlarda tana shakli va tuzilishining 
o‘zgarish hodisasi ham ularni xaspo‘shlab, dushmandan asraydi. CHunonchi, Amazonkada 
yashaydigan yaproqbaliqning shakli xuddi suvda qalqib yurgan bargga o‘xshaydi, Sargasso
dengizidagi lattabaliqni esa suvo‘tlardan farqlash qiyin. Rangi bilan tana shaklini o‘zgartirish 
xususiyati baliqlarning hayot uchun kurashida muhim quroldir. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish