1-MA’RUZA
Mavzu: Kirish. Kursning predmeti, vazifalari, rivojlanishi va baliqlar biologiyasini
o‘rganishda asosiy tadqiqot yo‘nalishlari. Akvakulturani rivojlantirishda fanning
vazifalari.
Reja.
1.Kursning
predmeti, vazifalari, rivojlanishi va baliqlar biologiyasini o‘rganishda asosiy
tadqiqot yo‘nalishlari.
2. Baliqlar xilma-xilligini saqlashda va akvakulturani rivojlantirishda fanning vazifalari.
Kursning asosiy bo‘limlari.
3. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda va baliq hamda suv zahiralaridan samarali
foydalanishda baliqchilik tarmog‘ining roli.
Tayanch iboralar:
akvakultura, intinsiv, sadok, ekstinsiv, bentos,
plankton, bonitirovka,
inkubatsiya, tip, sinf, turkum, oila, avlod, tur, filogeniya, xorda fitoplankton,
ekotizim,
biokatalizator, primiks, malki
Baliq - bu inson uchun oziq moddalarning eng muhim manbaidir Baliq - bu inson uchun
oziq moddalarning eng muhim manbaidir. Baliqchilar ko‘p asrlardan beri okean, dengiz, daryo
va ko‘llardan baliq ovlab kelmokdalar. Shu bilan birga 2000 yildan ortiq vaqt mobaynida
baliqlarni sun’iy suv havzalarida etishtirib kelmokdalar. Tuxumdan
chiqqan mayda baliqlar
xavzalarga qo‘yilib, oziqlantiriladi va hovuzlar o‘g‘itlanadi. Taraqqiyot sari texnologiya
yaxshilanib bordi va baliqshunoslarning tashqi omillarga bog‘liqligi tobora kamayib bordi, fan
yutuqlaridan foydalanish va uni rivojlantirish natijasida ular yuqori ko‘rsatkichlarga erisha
boshladilar. Iqtisodiyotning akvakultura kabi tarmog‘i shakllandi
va bu tarmok tabiiy baliq
zaxiralarini kamayib borishi natijasida ayniqsa tez rivojlandi.
Akvakultura – bu etishtiriladigan suv mavjudodlari,. elar boshkarilish va etish imkoniyati
har xil bo‘lgan ob’ektlardan iborat bo‘lib mahsuldorlikni oshirishga xizmat kiladi. Ya’ni – sun’iy
ravishda baliq urchitish, ularni oziqlantirish va yirtqichlardan himoyalash kabi ishlarni o‘z ichiga
oladi, bunda shaxsiy yoki korporativ mulk hisoblanadigan to‘da etishtiriladi
Akvakulturaning turli shakllari mavjud: dengiz va chuchuk suvda, hovuz, baliqxona, basseyn
xamda industrial tizimlaridagi va x.k..
Baliqlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, suv
o‘simliklari va jonivorlari o‘rchitish ob’ekti xisoblanadi. hosildorlikka ko‘ra baliqchilik
ekstensiv (mahsuldorligi 30 s/ga.gacha) va intensiv (mahsuldorligi 100 s/ga.dan ortiq) bo‘ladi.
O‘zbekistonda akvakultura hozircha faqat baliqchilik – er hovuzlarida karplar turidagi baliqlarni
urchitish bilangina ifodalangan xolos. Bizda baliqchilik hanuzgacha faqat ekstensivdir. Biz,
mualliflar, respublikamizda tez kunda akvahosilotning turli-tuman
zamonaviy shakllari
rivojlanib ketishiga aminmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: