95. Tebranish konturi
1. Quyidagi javoblarning qaysi birida tebranish konturning
harakterlovchi parametrlari to‘g‘ri berilgan?
A)g‘altak massasi, sig‘im, davr B)davr, induktivlik, kuch
C)davr, induktivlik, sig‘im D)temperatura, chastota, induktivlik
2. Ikkita bir xil tebranish konturi kondensatorlari EYUK har xil
bo‘lgan tok manbalaridan zaryadlansa, ulardagi elektromagnit
tebranishlar nima bilan farq qiladi?
A)chastota B)davr C)siklik chastota D)amplituda
3. Quyidagi konturlarning
qaysi birida so‘nmas
elektromagnit tebranishlar hosil
bo‘lishi mumkin?
A)1 B)2 C)3 D)4
4. Tebranish konturidagi garmonik tebranishlar vaqtida g‘altak
magnit maydoni energiyasining maksimal qiymati 40 J ga teng
bo‘lsa, kondensator elektr maydoni energiyasining maksimal
qiymatini toping (J).
A)5 B)10 C)20 D)40
5. Tebranish konturida kondensatorning maksimal energiyasi 2
mkJ. Yarim davrdan keyin uning energiyasi nimaga teng bo‘ladi
(μJ)?
A)2 B)0 C)1 D)4
6. Kontur induktivligi 1 mH bo‘lgan g‘altak va sig‘imi 100 nF
bo‘lgan kondensatordan iborat. Bu kontur xususiy tebranishlarining
siklik chastotasi nimaga teng (rad/s)?
A)10
5
B)10
4
C)10
3
D)10
2
7. Ma’lum vaqt momentida tebranish konturidagi kondensatorning
maksimal energiyasi 4 μJ bo‘lsa, yarim davr o‘tgandan keyin
tebranish konturining energiyasi nimaga teng bo‘ladi (μJ)?
A)2 B)4 C)8 D)1
8. Elektromagnit tebranishlar konturi sig‘imi 6 μF va induktivligi
5·10
–5
H. Konturdagi tebranishlar davrini toping (μs). π=3
A)20 B)25 C)30 D)104
9. Konturda C=1 μF va L=3·10
–4
H bo‘lsa, tebranishlar davri necha
μs bo‘ladi?
A)180 B)104 C)18 D)90
10. Konturdagi elektromagnit tebranishlar chastotasi 10
5
Hz.
Tebranishlar davri nimaga teng (μs)?
A)1 B)10 C)100 D)1000
11. Ideal tebranish konturidagi kondensatorda elektr maydonning
maksimal energiyasi 10 J bo‘lsa, konturdagi elektromagnit
tebranishlar energiyasi vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgaradi?
A)0 dan 5 J gacha B)0 dan 10 J gacha
C)o‘zgarmaydi va 10 J ga teng D)o‘zgarmaydi va 5 J ga teng
12. Tebranish konturidagi g‘altakning ichiga ferromagnitdan
yasalgan o‘zak kiritilsa, elektromagnit tebranishlar chastotasi
qanday o‘zgaradi?
A)avval ortib, keyin kamayadi B)ortadi
C)o‘zgarmaydi D)kamayadi
13. Tebranish konturining sig‘imi 16 marta ortsa, tebranish
chastotasi o‘zgaradimi?
A)2 marta ortadi B)2 marta kamayadi
C)4 marta ortadi D)4 marta kamayadi
14. Tebranish konturidagi 2 μF sig‘imli kondensatorning
qoplamlariga 4·10
–3
C zaryad berilgan. Uning energiyasi aniqlansin
(J).
A)2 B)4 C)2000 D)4000
15. Tebranish konturidagi havo kondensatorining qoplamalari
orasiga dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo‘lgan dielektrik
modda kiritilsa, konturdagi tebranishlar chastotasi qanday
o‘zgaradi?
A)o‘zgarmaydi B)4 marta ortadi
C)2 marta kamayadi D)12 marta ortadi
16. Radiopriyomnikning qabul qilish chastotasini 2 marta
kamaytirish uchun uning tebranish konturidagi kondensator
sig‘imini necha marta o‘zgartirish kerak?
A)2 marta oshirish B)2 marta kamaytirish
C)4 marta oshirish D)chastota sig‘imga bog‘liq emas
17. Tebranish konturidagi yassi kondensator plastinalari orasidagi
masofa 4 marta orttirilsa, chastota qanday o‘zgaradi?
A) 2 marta ortadi B)o‘zgarmaydi
C) 2 marta kamayadi D)2 marta ortadi
@FizikaTermiz Bahodir Davlatov
@FizikaTermiz Bahodir Davlatov
Do'stlaringiz bilan baham: |