75. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. O‘tkazgichning
elektr qarshiligi
1. O‘tkazgich uchlaridagi kuchlanishni oshirsak, uning qarshiligi…
A)o‘zgarmaydi B)oshadi
C)kamayadi D)oshishi ham, kamayishi ham mumkin
2. Elektr qarshiligi 30 Ω bo‘lgan o‘tkazgichdan 3 daqiqada 90 C
elektr miqdori o‘tgan. Bu o‘tkazgich uchlaridagi kuchlanishni
toping (V).
A)6 B)12 C)10 D)15
3. Lampochka spiralidagi kuchlanish 1 V bo‘lganda, tok kuchi 0,5
A ga teng bo‘ladi. Spiralning qarshiligini aniqlang (Ω).
A)2 B)1 C)4 D)8
4. Uzunligi 500 km, ko‘ndalang kesim yuzi 10 mm
2
bo‘lgan
alyuminiy simdan 10 mA tok o‘tayotgan bo‘lsa, uning uchlaridagi
kuchlanish tushishini toping (V). Alyuminiyning solishtirma
qarshiligi 2,8·10
–8
Ω·m ga teng.
A)14 B)28 C)50 D)56
5. O‘zgarmas 12 mV kuchlanish ulangan uzunligi 10 m va kesimi 1
mm
2
bo‘lgan po‘lat simdagi tok kuchini aniqlang (mA). ρ=12·10
–8
Ω·m
A)20 B)0,1 C)10 D)17
6. O‘zgarmas kuchlanish tarmog‘iga ulangan elektr spiralidan 7,5 A
tok o‘tmoqda. Agar spiralning chorak qismi kesib tashlansa, undan
qancha tok o‘tadi (A)?
A)5 B)10 C)4,5 D)12
7. Grafikdan foydalanib, o‘tkazgichning qarshiligini
hisoblang (Ω).
A)0,2 B)1,8 C)5 D)0,8
8. Reostatdagi kuchlanish ikki marta orttirildi, uning qarshiligi 3
marta kamaytirildi. Reostatdagi tok qanday o‘zgardi?
A)6 marta kamaydi B)6 marta ortdi
C)o‘zgarmadi D)5 marta ortdi
9. Ko‘ndalang kesim yuzi 150 mm
2
, solishtirma qarshiligi 2,8·10
–8
Ω·m bo‘lgan simdan 150 km masofaga o‘zgarmas elektr toki uzatish
liniyasi tortilgan. Agar tok kuchi 100 A bo‘lsa, liniyadagi
kuchlanish tushuvini hisoblang (V).
A)280 B)5600 C)560 D)2800
10. To‘rtta har xil o‘tkazgichlardagi tok kuchining
kuchlanishga bog‘liqlik grafiklari berilgan.
O‘tkazgichlar qarshiliklari haqida nima deyish
mumkin? To‘g‘ri javobni tanlang.
A)R
4
eng katta, R
1
eng kichik B)R
1
eng katta, R
4
eng kichik
C)R
3
eng katta, R
4
eng kichik D)barchasiniki bir xil
11. O‘tkazgich uchlaridagi kuchlanish 2 marta kamaytirilsa va
uning uzunligi 2 marta orttirilsa, undan o‘tayotgan tok kuchi necha
marta o‘zgaradi?
A)o‘zgarmaydi B)2 marta kamayadi
C)4 marta kamayadi D)2 marta ortadi
12. O‘tkazgichning ko‘ndalang kesimini va unga qo‘yilgan
potensiallar ayirmasini o‘zgartirmagan holda, uzunligini 2 marta
kamaytirsak, undagi tok zichligi qanday o‘zgaradi?
A)4 marta ortadi B)2 marta ortadi
C)o‘zgarmaydi D)2 marta kamayadi
13. Biror o‘tkazgichning uzunligini va unga qo‘yilgan potensiallar
ayirmasini o‘zgartirmagan holda, ko‘ndalang kesim yuzini 2 marta
kamaytirsak, undagi tok zichligi qanday o‘zgaradi?
A)4 marta ortadi B)2 marta ortadi
C)o‘zgarmaydi D)2 marta kamayadi
14. d diametrli, uzunligi l bo‘lgan mis sim uchlaridagi potensiallar
ayirmasi U ga teng. Agar simning uzunligi 2 marta orttirilib,
potensiallar ayirmasi o‘zgartirilmasa, simdagi erkin elektronlar
tartibli harakatining o‘rtacha tezligi qanday o‘zgaradi.
A)2 marta ortadi B)o‘zgarmaydi
C)2 marta kamayadi D)2l/d marta kamayadi
15. Zanjirdagi tok kuchi qaysi asbob yordamida o‘lchanadi?
A)voltmetr B)vattmetr C)ampermetr D)reostat
16. Zanjirdagi kuchlanish qaysi asbob yordamida o‘lchanadi?
A)vattmetr B)voltmetr C)ommetr D)ampermetr
17. O‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi 10 s da 0 dan 5 A gacha
chiziqli ortgan bo‘lsa, shu vaqt ichida o‘tkazgich ko‘ndalang
kesimidan qancha zaryad oqib o‘tgan (C)?
A)50 B)25 C)20 D)15
18. Ko‘ndalang kesimi yuzi 4 mm
2
bo‘lgan o‘tkazgich orqali tok
zichligi 100 A/cm
2
bo‘lgan tok oqmoqda. 2 daqiqa ichida
o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi orqali qancha elektron oqib
o‘tadi.
A)3·10
21
B)1,6·10
19
C)8·10
20
D)4·10
28
19. O‘lchamlari, erkin elektronlar konsentratsiyasi va uchlariga
qo‘yilgan kuchlanishlar teng bo‘lgan uchta o‘tkazgichda erkin
elektronlar tartibli harakatining o‘rtacha tezliklari υ
1
>υ
2
>υ
3
munosabatda bo‘lsa, ularning qarshiliklari o‘rtasidagi munosabat
quyidagilarning qaysi biriga to‘g‘ri keladi?
A)R
1
=R
2
=R
3
B)R
1
>R
2
>R
3
C)R
1
2
3
D)R
2
>R
1
; R
2
>R
3
20. Alyuminiy o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok zichligi 4·10
6
A/m
2
bo‘lsa, o‘tkazgich ichidagi maydon kuchlanganligi qanchaga teng
bo‘ladi (V/m)? Alyuminiyning solishtirma qarshiligi 2,8·10
–8
Ω·m
ga teng.
A)5,6 B)1,4·10
–2
C)1,4·10
–4
D)11,2·10
–2
21. Metall simning solishtirma qarshiligi ρ, uning ko‘ndalang
kesimi S va undan I tok o‘tayotgan bo‘lsa, sim ichidagi elektr
maydon kuchlanganlik nimaga teng?
A)E=Iρ/S B)E=I/ρS C)E=IρS D)E=ISρ
22. Simdan o‘tayotgan tokning zichligi 1 A/mm
2
ga teng. Simdagi
elektr maydon kuchlanganligini hisoblang (V/m). Misning
solishtirma qarshiligi 1,7·10
–8
Ω·m ga teng.
A)1,7·10
–2
B)17 C)34 D)1,7
23. Ichki qarshiligi 0,04 Ω bo‘lgan ampermetrga uzunligi 15 cm va
ko‘ndalang kesim yuzi 3 mm
2
bo‘lgan mis sim parallel ulangan.
Ampermetr 0,17 A tokni ko‘rsatadi. Mis simdagi tok kuchini toping
(A). Misning solishtirma qarshiligi 1,7·10
–8
Ω·m
A)3,2 B)4 C)8 D)2,8
@FizikaTermiz Bahodir Davlatov
@FizikaTermiz Bahodir Davlatov
Do'stlaringiz bilan baham: |