69. Kondensator qoplamalarining o‘zaro elektrostatik ta’sir
kuchi
1. To‘liq zaryadlangan va tok manbaidan uzilgan kondensator
plastinalari F kuch bilan tortiladi. Agar plastinalar orasi dielektrik
singdiruvchanligi 2 ga teng bo‘lgan modda bilan to‘ldirilsa,
plastinalar orasidagi tortishish kuchi nimaga teng bo‘ladi?
A)F B)F/2 C)2F D)F/4
2. Zaryadlangan yassi kondensator qoplamalari bir – biriga F kuch
bilan tortiladi. Agar qoplamalar orasiga dielektrik singdiruvchanligi
2 bo‘lgan yassi shisha plastina kiritilsa, bu kuch qanday o‘zgaradi?
Plastina qalinligi qoplamalar orasidagi masofadan kichik.
A)2 marta ortadi B)2 marta kamayadi
C)o‘zgarmaydi D)4 marta ortadi
Do'stlaringiz bilan baham: |