Azzamqulov Akmaljon
Hozirgi adabiy jarayon
12-iyun. 2020-yil.
7-variant.
1.Isajon Sulton qissalari tahlili.
2. Abduqayum Yo’ldoshev asarlari tahlili.
3. Xurshid Do’stmuhammad ijodida milliylik va adabiy ta’sir masalasi.
Javoblar:
Isajon Sulton O’zbekiston milli universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Ijodiy faoliyati hikoyachilikdan boshlangan. Bugungi kunda “Boqiy darbadar”, “Oydinbuloq” kabi kitoblar muallifi.
Isajon Sultonning «Munojot» qissasida G`arib ismli ilmga chanqoq
bolaning ruhiyati o’ziga xos tarzda tasvirlanadi. Unda shakklanayotgan iste’dodni oyisi Adolat opa bilan qolgan suhbati orqali ham anglash mumkin.Xudoning o’zi G`aribni iste`dod degan ne`mat bilan siylayapti: “To amakisi kelguncha G`arib juda ko’p rasmlar chizib tashladi. Hatto
tushida ko’rgan manzarasini ham tasvirlashga urinib ko’rdi, u xuddi tundagiga o’xshab chiqdi: yulduzli osmon va oy, sutday yog`duga burkangan mudroq qishloq, soy bo’yidagi sayhonlikda nurga cho’milayotgan sehrgar ilon va samoning yarmini enlab, surilib kelayotgan ko’lanka – qora hayolotning qora sharpasi…”.
Bolalik – bu G`aribning tiyrak nigohi. Uning hamma narsani bilishga bel
bog`lagani. Va oxir-oqibat G`arib nima haqida jiddiy bosh qotirmasin, o’sha
masalaning mohiyatiga kirib biladi. “Munojot”ni o’qib shunday xulosaga kelish mumkin. Yozuvchi bola xayoloti vositasida hayotda chigil bo’lib turgan muammolarga osonlik bilan yo’l topadi go’yo. Onasiga bergan savollari, tabiat hodisalariga qiziquvchanligi, beg`ubor qalbining ozorlanishini istamay, hamma narsalarni o’z o’rnida qilib borishi, bu o’sib kelayotgan avlod uchun ibrat namunasi deyish mumkin.
“Munojot” qissasi haqida fikr yuritgan Ulug`bek Hamdam shunday e`tirof etadi: “G`arib – yozuvchining o’zi. San`at mag`zida aslida o’zini-o’zi ifoda qilish (samovirajenie) yotadi. Nazarimda, G`arib obraziga kirgan og`riqdard yozuvchining ko’nglida uzoq vaqt yashagan, uni qiynagan. Xuddi G`aribni o’z holiga qo’ymagan va nihoyat, qog`ozga surat shaklida tushgan Mashrab yoki Munojot siymosi yanglig`. Lekin ba`zi o’rinlarda yozuvchi G`aribdan ajralib chiqadi va boshqa odam bo’lib gapiradi”. Aslida har qanday asar markazida yozuvchi shaxsiyatining qirralarini ko’rish mumkin. Isajon Sultonning bu asarida esa yuqoridagi holat o’z maromiga yetgan. Adabiyotshunoslar ham yozuvchini el orasida tanitgan asari sifatida aynan shu qissani ko’rishadi.
Keskin munozaralar og`ushida qolgan G`arib ziynatiga xos muhim fazilat
bu uning – o’zligi. Tarixiy-ijtimoiy zarurat yuzasidan bunyod bo’lgan katta
kichik kashfiyotlar ham aslida insoniyatning mavjudlik jumbog`ini anglash
yo’lidagi bitta zinapoyalarning turli xil ko’rinishlari, xolos. Yozuvchining
ma`lum va mashhur qissasida “Qor odami” Mashrabni anglashlik hissi ustuvor. Mashrabning nuroniy siymosi G`arib ismli dunyoni anglashga bel bog`lagan tiniq nigohli bolakayga juda ko’p hodisalar tilini uqtirmoqqa tutinadi. Bu o’rganishlar G`aribning fikr va tafakkurini yuksak marralar sari yetaklaydi. Asardagi makon va zamon, davr va muhitning hech qanday
“hidi” sezilmaydi. Boshqa tomondan asarni qaysi davr mahsuli degan savolniberish ham nojoiz. Adol opa va uning o’g`li orasida kechgan ushbu
muloqot ham har birimizni bola paytimizga qaytishga, u erda turfa mo’jizalar sodir bo’lib, biz e`tibor qaratmagan jihatlarning bisyorligini anglashga undaydi:
“Alalxusus, fandan ham, dindan ham ko’ngli sovidi. O’qituvchilarning
bergan bilimlari uni qoniqtirmasdi, ular ilmiy tushunchalarni tinmay to’tiday
takrorlashar hamda agar ahvol shunday davom etaversa, G`aribni maktabdan haydajaklarini aytib po’pisa qilardilar.
U inson yolg`izligini ifodalovchi bir necha suratlar chizdi, biroq ko’ngli
to’lmadi, ranglar juda tussiz va quruqday ko’rindi ko’ziga hamda ulardan voz kechdi”.
Abduqayum Yo’ldoshevning asarlarini izlab, ketma-ket ikki marta talabalar hayotiga bag’ishlangan ikki hikoyasini o’qishimga to’g’ri keldi: “Vido ziyofati” va “Aybdor”.
“Vido ziyofati” hikoyasi to’rtinchi kurs talabasi Hamidning xonadoshlari va yotoqxonadagilari bilan vidolashishidan boshlanadi. Ma’lum bo’lishicha, Hamidning oshqozonida suv to’plangan, bu esa kasalning tuzalmasligidan dalolat, kimdir uch oylik umri qolgan desa, kimdir uch kunlik deydi… Odamga eng yomon ta’sir qiladigani – Hamidning hammadan rozilik so’rab yurishi. Guruh yetakchisi Qambar og’a hammani yig’ib majlis o’tkazganlarida, biz qatnashadigan personajlarning umumiy qiyofasi haqida dastlabki tasavvurga ega bo’lamiz. Yotoqxona muhitini yozuvchi haqqoniy tasvirlagan. Haqiqatan ham to’rt yillik davr mobaynida u yerdagilar bir oilaga aylanishadi. Hech kim Hamidga yordam bermaslik haqida o’ylamaydi ham. Hamid shunchaki ko’rgan insonidan rozilik so’raydi. Xabardor odam borki, unga yordam bergisi keladi. Voqealar rivoji shunday davom etadiki, kursdoshlar, hatto, qizlar ham stipendiyalarining ancha qismini Hamidga yig’ib berishadi. Hamid bu pulga “vidolashuv ziyofatini” uyushtirib beradi… Hikoyachi yigit ziyofatdan so’ng Hamidning “sarviqomat, yuzi sutga chayib olingandaek oppoq, qoshlari qaldirg’och qanotiday, kipriklari uzun-uzun, .. ishonuvchan, sodda” qiz Shahloning xonasiga yolg’iz “vidolashish” uchun kirmoqchi bo’layotganligining guvohi bo’lib qoladi… Shu yerda asarning tuguni paydo bo’ladi. Bosh qahramon ikki o’t orasida qoladi.
Yillar o’tib savoliga javob ham topadi. Ishga kirganda kasaba qo’mitasi raisi uni bir bemor, tuzalmas kasalga duchor bo’lib qolgan ishchining holidan xabar olib kelishga taklif qiladi. Bu – anglab turganingizdek Hamid edi.
Abduqayum Yo’ldoshevning asarlarini o’qib, syjet chiziqlarining mohirona joylashtirilganini-yu, asar orqali ifodalanmoqchi bo’lingan g’oyaning nisbatan jo’n ekanligi guvohi bo’lamiz. Ushbu hikoyada Hamid – rostdan ham bemor bo’lishi mumkin. Lekin, uning kasalligi oshqozonida emas. Aslo unday emas. Har bir jamiyat, har bir zamonda bunday odamlar bo’lgan. Xo’sh, ularni shaxsiy kamchiliklaridan, nuqsonlaridan manfaat uchun foydalanadiganlar deb atashimiz maqsadga muvofiq bo’ladimi? Hamid nafaqat manfaati yo’lida foydalandi( kursdoshlari unga diplom ishini ham yozib berishdi), balki begunoh bir qizning umriga ham zomin bo’ldi(Shahlo uyiga qaytgandan so’ng, “negadir” o’zini osib qo’yganligi haqida xabar tarqaladi). Asardan shunday xulosa kelib chiqadiki, inson Olloh tomonidan sinov tariqasida yuborilgan qiyinchiliklar, kasalliklar, sinovlardan o’z matonati, sabri hisobiga o’tmog’i kerak.
3.Xurshid Do’stmuhammad ijodidagi milliylik va adabiy ta’sir masalalariga “Donishmand Sizif” asari misolida to’xtalmoqchiman.
Hozirgi adabiy jarayon doirasida yaratilayotgan ko’plab badiiy asarlarda G’arb adabiyoti ra’sirini sezishimiz mumkin. Ko’plab ijodkorlarimiz bisotida Alber Kamyu, Xeminguey kabi G’arb faylasuflari asarlariga ruhan murojaat qilinganligini ko’ramiz. Albatta, buni to’g’ridan-to’g’ri ko’chirmakashlik deb baholash mutlaqo noto’g’ri. Har qanday sohada bo’lgani singari badiiy adabiyot ham tashqi ta’sirsiz rivojlanmaydi. Xurshid Do’stmuhammad ijodiga mansub “Donishmand Sizif” romanida bosh qahramon Sizif G’arb adabiyotida absurd obraz sifatida mashxur. O’z davrida Albert Kamyu ham bu qahramonga asarida murojaat qilgan. Absurd tushunchasi adabiyotda yolg’izlikka mahkum etilgan, umidsizlikka berilgan shaxs ma’nosini bildiradi. Kamyu asarida ham shu m’noda qo’llangan. Xurshid Do’stmuhammad o’z asarida esa absurd Sizif qiyofasini birmuncha yangilagan, ya’ni unda o’zbek xalqiga xos bo’lgan qat’iyatlilik, sabr-toqat, bardosh xislatlari oxir oqibat Sizifning la’natlangan joydan qutilishiga sabab bo’ladi. O’zbek xalq o’g’zaki ijodida bo’lgani kabi ushbu asarda ham o’z mashaqqati, mehnatiga yarasha mukofot olinadi. Yozuvchi absurdlikning natijasini, o’z xalqi qadriyatlaridan foydalangan holda, boshqacha yakunlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |