Azotli organik birikmalar, aminlar, aminokislotalar, oqsillar Aminlar



Download 219,08 Kb.
bet5/7
Sana27.06.2022
Hajmi219,08 Kb.
#710015
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boltaboyev Sirojiddin Azotli arganik birikmalar

Qo’llanilishi :
Aminlar sanoatda keng qo’llaniladi. Ulardan organik asos sifatida organik sintezda qo’llaniladi.
Metilamin farmosevtik dorilar, bo’yoq moddalar va alkalloidlarni sintezlashda qo’llaniladi.
Dimetilamin dimetilformamid olishda , dorilar, raketa yoqilg’isi komponentlari, vulkanizasiyani tezlashtiruvchi moddalar olishda va boshqalarda ishlatiladi.
Trimetilamin bakterisid preparatlarini sintez qilishda va ozuqalarga qo’shimcha sifatida foydalaniladi.
Ba’zi aminlar tog’ jinslaridan uran rudasini ajratib olishda muhim erituvchi sifatida, ba’zilari qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.
Geksametilendiamin poliamidni sintez qilishda qo’llaniladi.
Aromatik aminlardan eng muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgani va eng ko’p ishlatiladigani anilindir.
Anilin.
Aromatik aminlarda aminogruppa benzol xalqasi uglerodiga yoki yon zanjirdagi uglerodga birikkan bo’ladi.
Anilin uchlamchi aromatic aminlarning eng sodda vakili.
Benzol xalqasi uglerodiga aminogruppa birikkan eng muhim aromatik aminlarning formulalari va nomlanishlari quydagicha :


Aromatik aminlarning eng oddiy vakili fenilamin (aminobenzol) C6H5 - NH2 bo’lib, uni odatda anilin deyiladi.
Fenilaminni birinchi marta 1826 – yilda Unferdorben indigoni (indigo – ispancha anil deb ataladi) oxak ishtirokida haydab ajratib olgan va “kristallin” deb atagan.
1834 – yilda Runge toshko’mir smolasida fenilamin borligini aniqladi va unga “kianol” degan nom berdi. 1841-yilda Frisshe indigoni o’yuvchi kaliy ishtirokida qizdirib fenilamin ajratib oladi va uni “anilin” deb atadi.
Anilin molekulasining tuzilishi :

Anilin molekulasidagi azot atomida ajralmagan bir juft elektron borligi sababli boshqa aminlarga xos xususiyatlarga ega.
Anilinni nitrobenzoldan olinishi :
1842 – yilda N. N. Zinin birinichi marta sintetik yo’l bilan nitrobenzolni ammoniy sulfit yordamida qaytarib fenilamin oladi va unga “benzidam” deb nom beradi.
C6H5 – NO2 + (NH4)2SO3 C6H5 – NH2 + 3H2O + N2 +SO2
Yuqorida olingan hamma moddalarning bir xil modda ekanligini 1843 – yilda A. V. Goffman isbotlaydi.
Anilin ishlab chiqarishning asosiy usuli nitrobenzolni gaz yoki suyuq fazoda vodorod bilan qaytarishdir. Gaz fazoli jarayon turbali kontakt apparatida 250 – 350oC da nikelli yoki misli katalizator ishtirokida amalga oshiriladi. Masalan:
C6H5NO2 + 3H2  C6H5NH2 + 2H2O + 443,8 KJ/mol

Anilin suvdan qatlamlanishi bilan va distillasiya usulida ajratiladi. Reaksion suv biokimyoviy usulda zararsizlantiriladi. 1 tonna anilin olishda 1,35 t nitrobenzol, 800m3 H2 va 1 kg katalizator sarflanadi. Anilinni to’g’ridan – to’g’ri reaktorda temir va xlorid kislota ta’sirida ajralib chiqadigan atomar vodorod bilan nitrobenzolni qaytarib ham olish mumkin :
C6H5NO2 + 6H → C6H5NH2 + 2H2O

Reaktorda temir va vodorod xlorid ta’siridan ajralib chiqadigan vodorod atomar holda bo’ladi, jarayonning to’liq reaksiyasi :

C6H5NO2 + 3Fe + 6HCl → C6H5NH2 + 3FeCl2 + 2H2O

Anilin C6H5NH2 – molyar massasi 93,2 , rangsiz, moysimon suyuqlik, o’ziga xos hidli, 184,4oCda qaynaydigan suyuqlik, zaharli.
Anilin ko’pgina organik erituvchilarda cheklanmagan nisbatda aralashadi. Anilin suvda massa bo’yicha 4,5% suv esa anilinda massa bo’yicha 7,2% eriydi. Anilinni asoslik xossasi alifatik aminlarnikiga nisbatan kuchsiz, bu azot atomidagi elektron bulut zichligini benzol xalqasi p – elektronlar ta’sirida kamayishi bilan tushuntiriladi.


Demak aromatik aminlarning azot atomidagi umumlashmagan bir juft elektroni benzol xalqadagi π– elektronlar bilan almashinib turadi (xalqa tomon siljiydi), elektronlarning bunday siljishi natijasida azot atomidagi elektron zichligi ancha kamayib qoladi va natijada anilinning proton biriktirib olish xususiyati (asoslik xossasi) kamayadi.
Agar benzol xalqasida elektron tortuvchi gruppalar bo’lsa, masalan: o-, p-, m- nitroanilinlarda aromatik aminlarning asoslik xossalari yanada susayadi.
Agar xalqada alkil gruppa bo’lsa (-CH3, -C2H5) aksincha asos xossa kuchayadi. Aromatik aminda ikkita fenil gruppa bo’lganda asos xossa yanada zaiflashadi : difenilaminning dissosiyalanish konstantasi : 7,6 ∙10-14 ga teng bo’lsa, trifenilamin asos xossaga ega bo’lmagan moddadir.
Aromatik aminlar lakmusni ko’kartirmaydi, ammo mineral kislotalar ta’sirida barqaror tuzlar hosil qiladi. Tuzlarning suvdagi eritmalari kislota xossasiga ega, chunki ular suvda qisman gidrolizlanadi. Difenilamin kislotalar bilan tuzlar hosil qilsada, ular suvda eriganda gidroliz hisobiga to’liq parchalanib ketadi.
Trifenilaminga mineral kislotalar ta’sir qilmaydi.


Download 219,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish