Nazorat savollari:
Biriktiruvchi to‘qimaning pishiqligini ta’minlaydi:
Kollagen tolalar asosini xosil kiluvchi oqsil:
Kollagen tolalar tarkibida fibrillyar oqsil- kollagen bo`lib, u fibroblast hujayralarida polipeptid zanjirlar (prokollagen) shaklida hosil bo`la boshlaydi.
Kollagen tolalarning xossalari.
Kollagen tolalar (fibrae collagenosae). Kollagen (yunon. kolla- yelim, genos- yaratmoq, vujudga keltirmoq, yelim hosil qiluvchi demakdir) faqatgina asl biriktiruvchi to`qimada bo`lmay, balki suyakda - ossein tog`ayda- xondrin tolalar nomi bilan mavjud. Kollagen tolalar siyrak biriktiruvchi to`qimada turli yo`nalishda yotuvchi to`g`ri yoki egri-bugri tortmalar holida joylashadi. Kollagen tolalar tarkibida fibrillyar oqsil- kollagen bo`lib, u fibroblast hujayralarida polipeptid zanjirlar (prokollagen) shaklida hosil bo`la boshlaydi.
Siyrak tolali biriktiruvchi to‘qimaning elastikligi va cho‘ziluvchanligini ta’minlaydi:
Elastik tolalarda kollagendan farqli ravishda ko`ndalang chiziqlik yo`q. Bu holat elastik tolani hosil qiluvchi oqsillarning betartib joylashishi bilan ta’riflanadi. Elastik tola oqsillari umumiy qilib elastin deb ataladi.
Elastik tolalarning elastikligi va cho‘ziluvchanligi
Elastik tolalarda bir-biridan farqlanuvchi oqsillar borki, bu oqsillar aminokislotalar tarkibi kollagen oqsilidan boshqachadir. Kollagenga nisbatan bu oqsillarda glitsin va prolin kabi aminokislotalar ko`p bo`lib, glyutamin, asparagin kislota, oksiprolin, arginin va boshqalar ancha kam.
Bundan tashqari, elastik tolalardagi oqsil o`zida sistin aminokislotasini tutmaydi. Uning o`rniga bu oqsilda aminokislotalar hosilasi bo`lgan desmozin va izodesmozin bo`lib, bu hosilalar elastik tolaning cho`ziluvchanligini ta’minlaydi. Elastik tolalar yaxshi cho`ziladi, lekin uzilishi ham oson. Elastik
tolalarda vaqt o`tishi bilan mineral tuzlar o`tirib, uni sinuvchan qilib qo`yadi.
Elastik tolalarning kollagen tolalardan farqi.
Elastik tolalarning hosil bo`lishi kollagen tolalarning hosil bo`lishiga o`xshaydi. Fibroblastlar elastik tolalarning ham hosil bo`lishida ishtirok etadi. Elastik tolalar tolali biriktiruvchi to`qimada va biriktiruvchi to`qimaning ba’zi boshqa turlarida uchraydi. Ular maxsus bo`yoqlar bilan bo`yalganda (orsein, rezorsin-fuksin) kollagen tolalardan aniq ajralib ko`rinadi.
Biriktiruvchi to‘qima amorf moddasining vazifasi
Zich shakllanmagan biriktiruvchi to`qima terining to`rsimon qavati va bo`g`in xaltachalari biriktiruvchi to`qimasida uchrab, uning kollagen va elastik tolalari bir-biriga zich, lekin tartibsiz joylashganligi uchun to`rsimon tuzilishga ega. Hujayralar turi ko`p bo`lmay, amorf modda ham
kamdir. Hujayralar asosan fibroblast va fibrotsitlardan iborat bo`lib, ular uzunchoq shaklga ega. Zich shakllangan biriktiruvchi to`qima esa tolalarning tartibli joylashishi bilan farqlanadi. Bu to`qimada tolalarning joylashishi kuch chiziqlari bo`ylab yo`nalgan. Shakllangan birik-tiruvchi
to`qimaga paylar, bog`lamlar, fibroz membranzlar va plastinkasimon biriktiruvchi to`qima kiradi.
Pigment biriktiruvchi to‘qima uchraydi:
Pigment to`qimasi (textus pigmentosus). Bu to`qima ko`p miqdorda pigment hujayralarini (melanotsitlarni) saqlaydi. Bu to`qima so`rg`ich sohasida, anal teshigi atrofida, yorg`oq xaltada hamda ko`zning qon tomir va rangdor pardalarida uchraydi.
To‘qima bazofillarida biologik aktiv moddalarning tashkariga chiqarilish jarayoni nomlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |