A’zolar sistemasi (qon aylanish,hazim qilish, nasaf olish) - To'qimalarda normal modda almashinishi uchun uzluksiz ravishda organizmga 0 2 va oziq modda kelib turishi talab etiladi. Ana shu jarayon yurak-qon tomirlar sistemasi yordamida amalga oshadi. Suvda yashaydigan umurtqalilar — baliqlarda qon aylanish doirasi bitta, yurak ikki kamerali — bo‘lmacha va qorinchadan iborat. Baliqlar yuragidan faqat venozli qon oqadi
Umurtqalilar quruqlikka chiqishi bilan ularning qon aylanishida tubdan o‘zgarish ro‘y bergan. Chunki oyquloq orqali nafas olish o‘pka orqali nafas olish bilan almashingan. Yurak endi faqat venozli qonni qabul qilmasdan, arterial qonni ham qabul etadi. Natijada, yurak dastlab uch kamerali, so‘ng to‘rt kameraliga aylanadi. Amfibiyalarda yurak 3 kamerali: ikki bo'lmacha, bitta qorinchadan iborat. Ularning qorinchasida venozli qon arterial qon bilan aralashadi
Do'stlaringiz bilan baham: |