O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
ORGANIK KIMYO KAFEDRASI
ORGANIK KIMYO
fanidan
“AZOBIRIKMALAR”
mavzusida
KURS ISHI
Bajardi: kimyo yo’nalishi KIM-AU-19
guruh talabasi M. Ahmadjonov
Himoya bahosi _______________
Rahbar:__________Sh.Sulaymonov
Sana_______________________
Namangan – 2021
Namangan Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo’nalishi KIM-AU-19-guruh talabasi Ahmadjonov Muhammaddovudxonning Organik kimyo fanidan “Azobirikmalar” mavzusidagi yozgan kurs ishiga
Taqriz
Ushbu kurs ishi “Azobirikmalar” mavzusida bo’lib, unda kimyoviy tushunchalar, mavzuga oid nazariyalar, fikrlar amaliy mashqlar qamrab olingan. Jumladan, azo va diazobirikmalarning xossalari va ularning ahamiyati yoritib berilgan.
Talaba kurs ishini bayon etishda fanga uslubiy qo’llanmalar internet ma’lumotlaridan foydalangan biroq ommaviy axborot nashrlaridan foydalanmagan. Bundan tashqari kurs ishini bayon etishda ba’zi bir jumlalarni, formulalarni tuzishda xatolikka yo’l qo’ygan
Yuqoridagilardan kelib chiqib hay’at a’zolari ijobiy ball berishlarini so’rayman.
Taqrizchi: ___________ Saypiyev T
REJA
KIRISH
1.1. Azobirikmarning nomlanishi va olinishi
1.2. Azobirikmarning fizik hamda kimyoviy xossalari
1.3. Aromatik azobirikmalar
1.4. Azobo`yoqlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
K I R I S H
Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o'simlik va hayvon moylari hamda yog'lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog'larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi.
XIX asrning o'rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik moddalarning tuzilish nazariyasi yaratildi, fizika, kimyo va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirni kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xomashyo bazasining yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, ya'ni, oddiy moddalardan murakkab moddalarni olishga olib keldi.
O'zbekiston neftgaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmoqg’i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov respublikamiz neftgaz sanoatining keyingi yillarda barqaror rivojlanganligini, mustaqillikka erishish yo’lida salmoqli ishlar qilinganligini ta’kidlab, yoqilg’i energetika kompleksni bundan buyon ham jadal rivojlantirish siyosatimizning ustvor vazifasi bo’lib qolishga katta ahamiyat berib kelmoqda.
Hozirgi zamon jahon neftni qayta ishlash sanoati yoqilg’ilar sifatiga, chiqindi gazlarning midqoriga bo’lgan talabning ortishi bilan xarakterlanadi. Yonganida atmosferaga qo’rg’oshinning zaharli birikmalari chiqaradigan etilirlangan benzin ishlab chiqarish tabora kamayib bormoqda.
O’zbekistonda ham dunyoning boshqa davlatlari kabi qo’rg’oshin birikmalarisiz benzin ishlab chiqarish va ekologik toza benzinga to’liq o’tish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi sog’ligini saqlash borasidagi eng muhim yo’nalshlardan biri hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |