Azizaxon Rasulova


SOHA TILINING XUSUSIYATLARI



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/69
Sana05.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#740332
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
2 5424962681792633126

SOHA TILINING XUSUSIYATLARI 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi til sathlari orasida leksik birliklar 
alohida o‘rin tutadi va ularning o‘ziga xos me’yoriy xususiyatlari 
mavjud. 
1
Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. Darslik 
-Toshkent: Cho‘lpon, 2013. 


36 
Sportga oid leksemalar asosan ikki guruhga bo‘linadi: ot va fe’l 
turkumiga mansub so‘z hamda birikmalar orqali ifodalanadi. Sport 
ma’nosini ifodalovchi birliklarni quyidagicha mavzulashtirish mumkin: 
1.
Sport turlarini ifodalovchi leksemalar. 
2.
Sport anjomlari va jihozlarini ifodalovchi leksemalar. 
3.
“Harakat” va “holat” belgili leksemalar. 
4.
Sport musobaqasi o‘tkaziladigan maydon bilan bog‘liq 
leksemalar. 
5.
Sport tibbiyoti bilan bog‘liq birliklar.
Jumladan, sport o‘yinlari o‘tkaziladigan maydonlar 
maydon, kort, 
stadion, majmua, trassa, arena, tatami, gilam, basseyn, trap, ring
kabi 
nomlar bilan ataladi va ochiq-yopiqligi, o‘lchamlari, qanday sport turiga 
mo‘ljallanishi bilan ajralib turadi.
Sport jihozlari qatoriga sport arenalarining uskunalari: 
darvozalar, 
to‘rlar, qalqonlar (shchitlar), to‘siqlar, bokschilar ringi, gimnastika 
gilami
va boshqa; sport musobaqalari va mashg‘ulotlarda ishlatiladigan 
maxsus texnika (
fotofinish, elektr tablo, turli trenajorlar va boshqalar

kiradi.
Sport terminlari tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: sodda va 
murakkab terminlar (qo‘shma so‘z, so‘z birikmasi, ayrim hollarda juft 
so‘z shaklida bo‘ladi).
Sport terminlarini kelib chiqishiga ko‘ra quyidagicha guruhlash 
mumkin: 
1.
O‘z qatlamga mansub leksik birliklar. 
2.
O‘zlashgan qatlamga mansub leksik birliklar. 
Sport terminlari tarkibida sport turining kelib chiqish vataniga ko‘ra 
inglizcha, ruscha, yunoncha, yaponcha, koreyscha, lotincha terminlar 
ko‘plab uchraydi. Bular ko‘proq xalqaro terminlar guruhiga mansub. 
Biroq sport turlarini birlashtirib turadigan ko‘plab semalar (“yugurish”, 
“zarba”, “masofa” kabi) o‘zbek tilida mavjud.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida sportga bo‘lgan e’tibor, 
sportning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnining yuksak baholanishi 
bu sohada ko‘plab o‘zgarishlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘ldi.


37 
Shu bilan birga sportga bo‘lgan e’tibor jurnalistika, tilshunoslik 
oldiga bir qator vazifalarni qo‘ymoqda. Sportga oid terminlarni to‘g‘ri 
shakllantirish, uni tizimlashtirish, turli mahalliy va xalqaro miqyosdagi 
sport 
musobaqalarini 
sharhlash 
mezonlarini 
belgilash 
shular 
jumlasidandir. O‘zbekiston sportchilarining boks, futbol, dzyudo, sambo 
kabi turli sport ko‘rinishlarida xalqaro musobaqalarda erishayotgan 
yutuqlari aholi orasida ham shu sport turlariga bo‘lgan qiziqishni 
orttirmoqda. Natijada sport musobaqalarini sharhlash, uni keng 
jamoatchilik orasida targ‘ib qilish uchun sport sharhlovchisi mazkur 
sohaga 
oid 
ko‘plab 
terminlarni 
bilishi, 
tinglovchi 
hamda 
tomoshabinlarga tushunarli holatda yetkazib berishi talab qilinmoqda
1
.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish