Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
D arsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism.
|
2 minut
|
II.O’tilgan mavzuni tekshirish
|
10 minut
|
III.Yangi mavzuni bayoni
|
20 minut
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 minut
|
V.Darsni yakunlash va baholash
|
3 minut
|
VI.Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Ma’lum bir uslubgagina xoslik bo‘yog‘iga ega so‘zlarni aniq lang va qaysi nutqiy uslubda qo‘llanishini ayting.
1. Uyginamda jujuqlarni bag‘rimga bosib, televizor ko‘rib yotsam bo‘lmasmidi-ya! (E. Vohidov) 2. Qanotlari qayrilgan emas, qirqib olingan qush holatidagi Manzura tunda quyosh balqishini kutgan notavon kabi eridan har daqiqada bir mujda kutardi. (Tohir Malik) 3. Shundoq narsani suvga aralashtiradimi, pandavaqi! (Erkin A’zam)
2-topshiriq. Salbiylik yoki ijobiylik bo‘yog‘iga ega so‘zlarni toping va ma’nolarini izohlang.
1. U yoq-bu yoqqa alanglagan edi, tunov kungi shop mo‘ylovli buldozerchining tirjayib turganini ko‘rdi. (Said Ahmad) 2. Haligi odam dami ichiga tushib, ming‘irlagancha nari ketdi. (Murod Mansur) 3. Aravaning oldida g‘o‘zapoya orasidan iljaygan kalla ko‘rindi. (O‘. Umarbekov)
4. Qiz Umidga qarab jilmaydi. (Mirmuhsin) Nutqni to‘g‘ri va ta’sirli tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to‘la muvofiq shakllantirishda uslubiy bo‘yoq alohida o‘rin tutadi.
Tildagi so‘zlar (boshqa birliklar)ning kattagina qismi muayyan nutqiy vaziyatlarda qo‘llashga moslashgan, ya’ni muayyan uslubga xos langan, bu uslubning o‘ziga xos belgisiga aylangan, bu so‘zni faqat shu uslubda ishlatish maqsadga muvofiq. Ayni paytda ayrim so‘zlar qo‘shimcha ravishda so‘zlovchi (yozuvchi)ning nutq predmetiga bo‘lgan salbiy yoki ijobiy munosabatini ham ifodalaydi. Ana shu ikki jihat, ya’ni so‘zning muayyan uslubga mansubligi va unda so‘zlovchi subyektiv munosabati ning ifodalanganligi «uslubiy bo‘yoq» nomi bilan umumlashtiriladi. Birinchisi «funksional bo‘yoq» (masalan, «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi, «inson» ma’nosidagi bashar so‘zida badiiy-poetik uslubga mansublik belgisi mavjud). Ikkinchisi esa, «emotsional-eks pressiv bo‘yoq» (masalan, jamol so‘zida ijobiy munosabat, bashara so‘zida esa salbiy munosabat ham o‘z ifodasini topgan) deb yuritiladi. Bunday uslubiy bo‘yoqli so‘zlar o‘zbek tilida juda ko‘p bo‘lib, ular tili mizning o‘ziga xos ifoda boyliklaridir.
22-mashq. Funksional bo‘yoqqa ega so‘zlarni topib, qaysi nutqiy uslubda qo‘llanishini ayting.
1. Bekorchi bo‘lmasa, biron-bir vakolati yo‘q bizga o‘x shaganlarni mana bunday azza-bazza qabul qilib, bamayli xotir suhbat qurib o‘tirarmidi! (Erkin A’zam) 2. Menga qara, o‘ so‘tak! Sen bu yerda masala so‘qima. (Tohir Malik) 3. Kutmay qo‘yaqol, bolam. Suydixon boyaqish hali-beri kelmaydi. (Said Ahmad) 4. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman, Men bashar farzandiman, Lekin avval senga bo‘lsam, Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim. (E. Vohidov) 5. Men Vatanni bog‘ deb aytsam, Sensan unda bitta gul. Men Vatanni ko‘z deb ayt sam, Bitta mujgon o‘zbegim. (E. Vohidov) 6. Ana shunday mard, tanti edi shoirimiz! (Erkin A’zam) 7. O‘sha palatkadan yoshi yigirma beshlardagi suluvgina bir ayol chiqdi-da, Nu’monjonga qaradi. (Said Ahmad) 8. Dohiy o‘rnidan shaxdam turib, to‘rt tarafga qaray-qaray nutq irod eta ketdi. (Erkin A’zam)
23-mashq. Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlarni topib, qanday subyektiv munosabatni ifodalayotganini ayting.
1. Azlar degani shopday naynov odam ekan. (Murod Mansur) 2. Chavandoz ostidagi ot maydagina, yermitti ot bo‘ldi. (Tog‘ay Murod) 3. Boya ikki kishilashib urib, yerto‘laga tiqqanlarida, uzilib-uchib bitganmi, qo‘sqi shinelining bittayam tugmasi qolmagan, surmarang yolg‘iz belbog‘i demasa, ko‘ksi valangor, o‘zi bir alpozda edi. (Murod Mansur) 4. Umaralining qiziq odatlari bo‘lardi. Yuvuqsiz, irkit odam bilan ko‘rishib qolsa, mehmonxonaga yugurib borib cho‘milib kelardi. (Said Ahmad) 5. Shu shirinsuxan tili bilan barcha ngizni avrab olgan bu qiltiriq nozanin. (O. Yoqubov) 6. Odina qiyshanglab kular, Qo‘chqorning yuziga beozor shapatilardi. (Said Ahmad) 7. Menga qara, Zabar, birato‘la kelib menikida yashab tursang-chi? Shaharning qoq markazi, hamma sharoit muhayyo. Hu-uv Sirg‘alingdan sakillab yurguncha! (Erkin A’zam) 8. Bunaqa basharani umrimda ko‘rmaganman. Hiringlagani hiringlagan. (Erkin A’zam)
24-mashq. Berilgan gaplardagi funksional va emotsional-ekspressiv bo‘ yoqdor so‘zlarni toping hamda ularni ma’nodoshlari bilan almashtiring. So‘z ma’nosida ro‘y bergan o‘zgarishlarni ayting.
1. Qayda uning botir eri, qayda uning tulpori, shu yo‘l bilan yursa agar yetarmi visoliga? (O‘. Umarbekov) 2. Am mo umidim bor, Avlodlar bir kun Bizning yuraklarga qilurlar havas! Sen esa, ey qalbim, shu umid uchun Eng so‘nggi yolqining bera olsang bas. (E. Vohidov) 3. Atrofdan hali ham qishning turqi qochmagan esa-da, baribir, havoda ko‘klam nafasi kezayotganday. (Ulug‘bek Hamdam) 4. Farhodni burchakda qo‘l
qovushtirib chulchutchasiga allanimalarni bidirlab turgan irkitnamo kimsaga topshirdi. (Erkin A’zam) 5. Ukalarimni, jiyanlarimni, og‘alarimni yer tishlatib, men sari tishlarini irjaytirib kelmoqda edi nojins! (Isajon Sulton) 6. Maning ust-boshimga, o‘zimni tutishimga qarab, ja boyvuchcha satang deyish mumkin... (Sh. Xolmirzayev) 7. To‘g‘risini aytaymi? – dedi xonim allaqanday sirli jilmayib. (Erkin A’zam) 8. Yo‘lchi birinchi boqishdayoq u qizning chehrasida Gulnorning ruhini ko‘rdi. (Oybek) «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan olingan quyidagi so‘zlarning izohlariga diqqat qiling. Mazkur so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |