Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
D arsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism.
|
2 minut
|
II.O’tilgan mavzuni tekshirish
|
10 minut
|
III.Yangi mavzuni bayoni
|
20 minut
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 minut
|
V.Darsni yakunlash va baholash
|
3 minut
|
VI.Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Qaror qilindi, belgilansin, kelishik shakllari, nurning sinishi, bamisli, ruxsor, jilvalanmoq, siyosiy vaziyat, iqtisodiy taraqqiyot kabi so‘z va iboralar ishtirokida gaplar tuzing va ularning uslubiy belgilarini tushuntiring.
2-topshiriq. Berilgan gaplardagi uslubiy xoslangan so‘zlarni aniqlang.
1. Tanlovga quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi. (Gazetadan) 2. Saltining yuzlari charaqlagan yulduzday, sernash’a, quvnoq va har qanday andishadan yiroq bo‘lib, ko‘nglining chuqur burchaklaridan chiqib kelgan sevinch to‘lqinlarini aks ettirardi. (Cho‘lpon)
Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy uslublar nutqning yozma shakliga mansubdir. Bu uslublar, asosan, yozma nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ish qog‘ozlaridagi rasmiy uslub faqat yozma shaklda bo‘ladi. Unutmaslik lozimki, mazkur uslublarda yozma shakl yetakchilik qilsa-da, o‘rni bilan ba’zan og‘zaki shakldan ham voz kechib bo‘lmaydi. Masalan, ilmiy uslubning asosiy ko‘rinishlari bo‘lgan monografiya, dissertatsiya, darslik, maqola va shu kabilar, albatta, yozma shaklda yaratilsa-da, ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda o‘qiladi. Yoki badiiy uslubga mansub sahna asarlari ijrosidagi og‘zakilikni inkor etib bo‘lmaydi.
18-mashq. Matnni o‘qing. Uning qaysi uslubda yozilganini aniqlang.
Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi ma’lum. Modasi yirik, gavdasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha. Nari modasidan ancha kichik. Keng tarqalgan, O‘rta Osiyoda sahro lochini va tundra lochini uchraydi. Sahro lochini o‘troq yashaydi; tundra lochini faqat qishlash uchun uchib keladi. Uyasini tog‘lik va jarli joylarga quradi. Aprel–mayda 2–3 ta tuxum qo‘yadi. Bolalari mustaqil uchadigan bo‘lguncha ota-onasi ning qaramog‘ida bo‘ladi. Qushlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Sahro lochini va tundra lochini qushlarni ovlashga o‘rgatiladi. («O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»)
19-mashq. 3 guruhga bo‘lining va «Qo‘lni qo‘lga beraylik», «Qonun ustuvorligi yo‘lida», «Bugunning nafasi» mavzularida matn tuzing. Matndagi publitsistik uslubga xos xususiyatlarni aniqlang.
20-mashq. Deyiladi, ataladi, zarur, ayniyat, kun tartibi, qatnashdilar, buyuraman, tashkil etilsin, munozara uchun mavzu, so‘ragan ekansiz, davra suhbati, jilva qildi, ochun, ko‘klam, kuzak so‘zlari ishtirokida gaplar tuzing. Mazkur so‘zlarning uslubni shakllantirishdagi o‘rnini tushuntiring.
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan ovqat so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |