OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat. Odam, hayvon, umuman, jonivorlar iste’mol qiladigan suyuq yoki quyuq yegulik. Ovqat odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi. Taom faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo‘llanadi va ovqat so‘ziga nisbatan biroz badiiy bo‘yoqqa ega. Oziq «odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi. Ovqat va taom so‘zlari, asosan, yeyish uchun tayyor holatdagi narsani bildirsa, oziq, umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi. Xo‘rak, yemish juda kam qo‘llanadi. Ne’mat badiiy uslubga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |