BAJARMOQ, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq. Ish-vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq. Bajarmoq, ado etmoq «ish-vazifa, topshiriqni ijro qilish va yakuniga yetkazish» ma’nosida qo‘llanaveradi. Ado etmoq ko‘proq kitobiy uslubga xos. Bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, bajo qilmoq, asosan, «ish-vazifani yakuniga yetkazish» ma’nosida ishlatiladi. O‘rinlatmoq kam qo‘llanadi. Do‘ndirmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli. Bajo qilmoq nisbatan eskirgan, kam qo‘llanadi. O‘tamoq «burch-vazifani ado etish» ma’nosida qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |