Aziz o'quvchi


-XVII-XVIII ASRNING BIRINCHI YARMIDA XIVA XONLIGIDAGI SIYOSIY AHVOL



Download 492 Kb.
bet31/56
Sana30.12.2021
Hajmi492 Kb.
#197335
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Bog'liq
15 8-O-ZBEKISTON T

21-XVII-XVIII ASRNING BIRINCHI YARMIDA XIVA XONLIGIDAGI SIYOSIY AHVOL

XVII asr Xiva xonligining siyosiy hayotida o’ziga xos ikki xususiyat-bu, bir to­mondan, markaziy hukmron sulola nufu­zining pasayishi bo’lsa, ikkinchi tomondan, qabila boshliqlari ta’sirining kuchayishi bo’ldi. Qabila boshliqlari: beklar, biylarning kuch-qudrati shu darajaga borib yetgan ediki, ular oliy hukmdorga o’z xohish-istaklarini o’tkaza olganlar. Xon davlat hayotiga oid har bir masalani ularsiz mustaqil hal eta olmas edi. Aksincha, aynan shu qabila boshliqlari xon taqdirini hal etardilar. Binobarin, Xiva xonligida davlat parokandaligi yuz ber­di. Parokandalik Arab Muhammadxon davri (1602-1621)da yuqori nuqtasiga yetgan edi. Amudaryo o’zanining o’zgarishi bu davrda ham davom etdi. Natijada, Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga ko’chirishga majbur bo’ldi. Yuz bergan iqtisodiy tanglik davlatning siyosiy ahvoliga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bundan tashqi kuchlar foydalanib qolishga urindi. Chunonchi, Arab Muhammad davrida Rossiya chegarasini qo’riqlab turgan Yoyiq kazaklari ataman Nechay, ko’p o’tmay ataman Shamay Urganchga hujum qildilar. Biroq, ular talonchilikdan iborat maqsadlarini amalga oshira olmadilar. Aksincha Xiva qo’shiniularni tor-mor etdi. 1616-yill Arab Muhammadxonning o’g’illari Habash Sulton bilan Elbars Sulton nayman va uyg’ur qabilalarining boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi isyon ko’tardilar. Ota farzandlariga yon bosdi. Ular boshqaruviga topshirilgan hududlarga Vazir shahrini ham qo’shib berdi. Biroq bu bilan nizo tugamadi. 1621-yili ular yana isyon ko’tarishdi. Bu safar otalari Arab Muhammadxon tarafida uning boshqa ikki o’g’li-Asfandiyorxon va Abulg’ozi Sulton urushda qatnashdilar. Bu urushda Habash Sulton va Elbars Sulton qo’shinlari g’olib keldi. Noqobil farzandlarning amri bilan asir olingan otaning ko’ziga mil torttirildi va Xivaga keltirib qamab qo’yildi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, xon qatl etildi. Abulg’ozi Sulton Buxoro xoni Imomqulixon saroyida panoh topdi. Asfandiyorxon esa Hazoraspda yashirindi. Keyinchalik u Eron shohi Abbos I huzuriga yo’l oldi va uning yordamida 1623-yilda Xiva taxtini egalladi va Habash hamda Elbars qatl etildi. Bu voqeadan xabar topgan Abulg’ozi Sulton Xivaga qaytdi. Akasi Asfandiyorxon (1623-1643) uni Urganch hokimi etib tayinladi. Biroq tez orada aka-uka o’rtasidagi munosabatlar buzildi. Natijada, Abulg’ozi Sulton Turkiston, Toshkent, Buxoroda qochib yurishga majbur bo’ldi. Asfandiyorxon siyosatidan norozi bo’lgan turkmanlarning chaqirig’i bilan u yana Xivaga qaytib bordi. Akasi endi unga Xivani topshirishga majbur bo’ladi. Biroq olti oydan so’ng Abulg’ozi Eron tasarrufiga o’tgan Niso va Darunga (Ashxobod bilan Qizil Arvat o’rtasida joylashgan manzilgoh) hujum qilinganlikda ayblanib, hibsga olinadi va Eronga, shoh Safi I (1629-1642) huzuriga o’z navkarlari qo’riqchiligida jo’natiladi. Abulg’ozi Sulton Eronda 10 yil tutqunlikda kun kechirdi (1630-1639). O’n yildan so’ng tutqunlikdan qochib, 1642-yilda Orol o’z beklari qarorgohiga yetib keladi. Asfandiyorxon vafot etgach, 1644-­yilda Abulg’ozi Bahodirxon Xiva xonligi taxtini egallaydi. Uning yigirma yillik xonlik davri jang-u jadallar bilan kechdi. Buxoro xoni qo’shinlari bilan bir necha marta to’qnashdi. Abulg’ozi qabila boshliqlari nufuzini oshirish bilan ularning markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlariga barham bermoqchi bo’ldi. U xonlikdagi barcha qabilalarni to’rt guruhga bo’ldi: qiyot-­qo’ng’irof, uyg’ur-nayman, qang’il-qipchoq, nukuz-mang’it. Bunda qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qarindoshlik aloqalari hamda joylashgan yeri hisobga olindi. Har bir qabilaviy guruhga inoq tayinlanib, xon shu inoq orqali qabilaga tegishli masalalarni hal qilgan. Inoqlar xonning eng yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar. Abulg’ozi Bahodirxon Buxoro xoni bilan 1662-yilda sulh tuzib, 1663-yilda hokimiyatni o’g’li Anushaxonga topshiradi. Anushaxon davrida Buxoro-Xiva munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon bir necha marta Buxoro xonligini xonavayronlikka olib kelgan harbiy yurishlar uyushtirdi. Uning qo’shini hatto Buxoroga yetib bordi, Samarqandni egalladi. Nihoyat, 1685-yilda G’ijduvon yaqinidagi jangda Xiva qo’shinlari tor-mor etildi. Oxir-oqibatda, Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaxonga qarshi Xivaga fitna uyushtirdi. 1687-yilda Anushaxon taxtdan tushirilib, ko’ziga mil torttirildi. Subhonqulixon Xivada o’z tarafdorlaridan shunday fitnachi guruh uyushtira olgan ediki, ular ta’sirida XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Xivada "xonlar o’yini"-o’nlab xonlar almashinuvi sodir bo’ldi. Bu voqealar oqibatida Xiva xonligining siyosiy hayoti yanada murakkablashdi, xonlik ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar girdobida qoldi. Xiva xoni Sherg’ozixon (1714-1728) davrida Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlay boshladi. Natijada, Orolbo’yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdilar. Xiva xonligida boshlangan o’zaro kurash goh u tomon, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg’ozixon vafot etguniga qadar davom etdi. Xiva xonligining siyosiy ahvoli Elbarsxon davrida (1728-1740) yanada keskinlashdi. Elbarsxon ichki nizolarni bostirib, qo’shni hududlarga ham hujumlar uyushtirdi. Ayni paytda u Nodirshohga qarshi kurashda Buxoroga yordam berishga ham intilgan edi. Nodirshoh Buxoroni tobe etgach, 1740-yili Xiva xonligiga yurish boshladi. Hazorasp yonidagi jangda Xiva qo’shinlari yengildi. Xonqada bo’lgan jangda Xiva qo’shinlari butunlay tor-mor etildi. Elbarsxon o’ldirildi. Nodirshoh 1740-yili Xivaga o’z odamini hokim etib tayinlab, Eronga qaytadi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o’rnatiladi. Aholiga “moli omon" solig’i solinadi. Ana shundan keyin Xiva xonligida parokandalik kuchaydi. O’zaro urushlar natijasida bir qancha vaqt turkman qabilalalari-yovmutlar ustun kelib turdi. Endi Xiva mustaqilligini yo’qotdi, qadimiy madaniy mamlakat bosqinchilik va talon-taroj maydoniga aylantirildi. Osiyo va Yevropani birlashtiruvchi karvon yo’li o’zining ahamiyatini to’la yo’qotdi. Xonlar esa amalda inoqlar qo’lida itoatkor bo’lib qoldilar. Orol dengizining shimolida istiqomat qilib turgan o’zbek qabilalari 1741-yili eronliklar zulmiga qarshi qo’zg’olon ko’tardi. Bu vaqtda Nodirshoh Dog’iston yurishi bilan band edi. U o’g’li Nasrulla boshchiligida qo’zg’olonchilarga qarshi qo’shin jo’natdi. Nasrulla qo’zg’olonni bostirib, Xiva taxtiga Elbarsning o’g’li Abu Muhammad (Abulg’ozixon)ni o’tqazdi. So’ng Orolbo’yi va xivaliklardan qo’shin to’plab, otasiga madad berish uchun Dog’istonga jo’natdi. Qo’zg’olon sababchilari bo’lgan turkman yovmutlarini Xuroson hududiga ko’chirtirdi. Keyin Xiva taxtiga o’tqazilgan qozoq sulolasidan G’oyib ibn Botir (Qoraboyxon)(1746-1756) inoqlar nufuzini yo’qotish uchun kurashdi. Ular esa G’oyibning inisi Abdulla boshchiligida xonga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar. Qo’zg’olonga Buxoro amiri Muhammad Rahimxon aralashdi. G’oyibni taxtdan tushirib, o’z vakili Temurg’ozini xon etib tayinlaydi. Muhammad Rahimxon vafot etgach (1758-yili), o’zbek qabilalaridan inoqlar hokimiyatni yana qo’lga oladilar.

Download 492 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish