Iqtisodiy tahlil metodologiyasi: Methodology of economic analyze
Pozitiv yondashuv – iqtisodiy sub’ekt qabul qilgan qarorni ob’ektiv tahlil qilish va oqibatlarini bashoratlashni ko‘zda tutadi. Prozitiv yondashuv tadqiq qilinayotgan jarayonning sabab va oqibatlarini aniqlashga yordamlashadi.
Normativ yondashuv – qarama – qarshi tadqiq qilinayotgan jarayonga nisbatan sub’ektiv baho berish bilan shug‘ullanadi. Tadqiq qilish natijasida amaliy taklif va tavsiyalar beradi. Iqtisodchilar foydalanadigan tadqiq qilishning eng asosiy usullaridan biri iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdir.
Iqtisodiy model – iqtisodiyotni kichik bir ko‘rinishda yaqqol namoyon etuvchi bir ko‘rinishi, shakli hisoblanadi. Iqtisodiy model – iqtisodiyot haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘qligida yoki olish mumkin bo‘lmagan xolatlarda, iqtisodiyotni bashorat qilish, unga real baho berish imkoniyatini beradi.
Pozitiv mikroiqtisodiyot…
Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o`rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday bo`lishi kerak, degan savolga javob beradi.
AQSH hukumati avtomobillar importiga kvota belgilaydi, deylik. Bunda mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida nima o`zgaradi? Bu avtomobillardan foydalanuvchilarga va avtomobil sanoatida ishlovchilarga qanday ta’sir etadi, degan savollar paydo bo`ladi. Bu savollar pozitiv tahlil doirasiga kiradi. Mikroiqtisodiyotda pozitiv tahlil markaziy o`rin egallaydi.
Benzinga yangi hukumat darajasida soliq belgilash ko`rib chiqilyapti, deb faraz qilaylik. NATIJA NIMA BO’LADI???
Yangi soliq kiritilishi bilan benzin narxi o`zgaradi
bu benzinni kam sarflaydigan avtomashinalarga bo`lgan talabni, shuningdek bu mashinalardan kundalik hayotda foydalanilishi va boshqa narsalarni o`zgartirib yuboradi.
O`z faoliyatini oqilona rejalashtirish uchun neft va avtomobilsozlik kompaniyalari davlat soliq siyosatining turli oqibatlari qanday bo`lishini aniqlashlari kerak bo`ladi.
Bu ishni avtomobil uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar, sayohat bilan shug’ullanuvchi firmalar ham bajarishi kerak.
Avtomobil kompaniyalari soliq qabul qilingandan keyingi maksimal foydani, katta va kichik litrajli avtomobillar ishlab chiqarish hajmini aniqlashni, tejamli avtomobillarni ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan kapital qo`yilmalar miqdorini belgilashni xohlaydilar.