Ayupov ravshan hamdamovich boltaboeva guzal ravshanovna



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/51
Sana23.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#576232
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
Bog'liq
Boylik va qasshoqlik falsafasi

 
 
 
 
 


AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH 
 
1.4. BOYLIK VA BOYLAR XAQIDA 
«Dangasalik boylikning qizi va
qashshoqlikning onasidir». 
 
 
 
 
 
Pyer Dekursel
Bir tarafdan qarasangiz, kambag’al yashash hech kimga yoqmaydi. Ammo 
ikkinchi tomondan, bizda azaldan badavlat kimsalarga allaqanday shubha bilan 
qarash odat tusiga kirgan. Keling, ana shu qiziq holatni bir o’rganib ko’ramiz. 
Men ham Qashshoqlik, ishsizlik muammolarini o’rganish jarayonida ko’pgina 
yurtoshlarimizning badavlat, mulkdor kimsalarga nisbatan salbiy munosobatda 
ekanliklariga guvoh bo’lganman. Chunki odamlar ularni muttaham, yolg’onshi, 
firibgar, ko’pshilikning haqini yeydigan odam deb o’ylashadi. Mayli, har kimning 
gunoh-savobi o’ziga. Biz hozir boylarga nisbatan salbiy munosabatning sabablarini 
qidirib ko’ramiz.

O’zbeklar – bag’r keng, mehribon halq. Hasad, ichqoralik dinimizda ham, urf-
odatlarimizda ham salbiy baholanadi. Lekin boylarga nisbatan salbiy 
munosabat baribir mavjud. Buning birinchi sababi, uzoq muddat davomida boy-
badavlat kimsalarning xalq ko’zi oldida turli xil noma’qul ishlarni 
qilayotganlari bo’lsa, ikkinchi sababi, ular bilan bogliq bo’lgan va yumushlarini 
bajaradigan savodsiz hamda omi kimsalarning xaddidan oshishidir.

Biz O’zbekistonni ma’danlarga, yer osti va usti boyliklariga kon o’lka deb 
maqtanamiz va o’zimizsha bu ma’danlar, boyliklar har bir fuqaroga o’z-o’zidan 
foyda olib kelishi kerak, deb o’ylaymiz. Lekin hech qachon, hech narsa o’z-
o’zidan kelmaydi. O’z-o’zidan kelgan boylik esa o’z-o’zidan yo’qoladi.
 

Inson o’z muvaffaqiyatsizliklariga kimnidir ayibdor hisoblashi kerak. Yana 
unda doimo o’ziga nisbatan muxolif bir kimsani ko’rish extiyoji mavjud. 
Shunga ko’ra u moddiy jihatdan o’ziga o’xshamagan odamni dushman sifatida 
ko’radi. Ya’ni: “
Men bilan emasmisan, demak, menga dushmansan
!” Bu ham 
boylarni yomon ko’rishning bir sababidir.
 

Xalqimizning seriallarga o’chligi barchaga ma’lum. Ammo bizda yaratilgan va 
chet eldan oqib kelingan bir qancha teleseriallar tufayli boylar haqida biroz 


AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH 
noto’g’ri tasavvur paydo bo’ldi. Bunday seriallarni ko’ganda, boylik to’plash 
uchun albatta jinoiy faoliatga qo’shilish kerak ekan, degan tushuncha paydo 
bo’lishi mumkin.
 

Bizda shou biznes yulduzlari yoki mashhur sportshilarni hamma taniydi. Ammo 
katta tadbirkorlar haqida juda kam narsa bilamiz. Kim o’zi ular? Qanday qilib 
muvaffaqiyatga erishdilar? Bu savollarga javoblarni ko’pchilik bilmaydi. 
Tadbikorlarning o’zlari ham muvaffaqiyatlarining ommaga ko’rsatishni 
istamaydilar. Biznes sirimi yoki ko’z tegib qolishidan cho’chishmi – har holda 
bu sirlilik oqibatida ham odamlar boylik va boylar tuchunchasiga shubha bilan 
qaraydilar.
 

Hayotiy misollar bilan Uzbekistonda o’z mehnati orqali boy bo’lganlar 
xaqidagi adabiyotlarning yo’qligi ham ular xaqida noto’g’ri tasavvurlarning 
tarqalishiga sabab bo’ladi. 
 
Shunday bo’lsada, esi-xushi joyida bo’lgan odam boylarni qanchalik yomon 
ko’rmasin, hech qachon katta pul topish imkoniyatidan voz kechmaydi. Demak, 
boylarga munosabatning o’zgarishi muqarrar. Chunki badavlat insonlar ko’payishi 
bilan, jamoatchilik fikri ham tubdan o’zgara boradi. Axir odam o’zini o’zi yomon 
ko’rishi mumkin emas-ku! 

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish