Ayollar tanosil a'zolari tuzilishi va joylashishi


Tozalikning to‘rtinchi darajasi



Download 437,12 Kb.
bet7/11
Sana18.01.2022
Hajmi437,12 Kb.
#390985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nusratova D Anatomiya

Tozalikning to‘rtinchi darajasi. Qin basillalari yo‘q, patogen mikroblar (kokklar, comma variabile, trixomonadalar, zamburug‘lar va hokazo) bilan leykositlar juda ko‘p. Reaksiyasi ishqoriy.

Tozalikning uchinchi va to‘rtinchi darajalari odatda patologik jarayon larda uchraydi, ya’ni uchinchi darajasi qin va bachadonning surunkali yallig‘lanishi, to‘rtinchi darajasi o‘tkir yallig‘lanish kasalliklariga xos alomatlardir.



Bachadon (uterus s. gysterus) – silliq muskulli kovak a’zo bo‘lib, shaklan oldindan orqaga qarab sal-pal yassilangan nokka o‘xshaydi.

Bachadonning quyidagi bo‘limlari bor: 1) tanasi (corpus), 2) bo‘g‘zi (isthmus) va 3) bo‘yni (cervix, collum) (2-rasmga qaralsin).

Bachadonning yuqori qismini tanasi deb atashadi. Bachadon tanasining gumbaz shaklida ko‘tariladigan, bachadon naylarining yopishish chizig‘idan yuqoriroqdagi qismi bachadon tubi (fundus) deb ataladi.

Bachadon bo‘g‘zi tanasi bilan bo‘yni orasidagi qariyib 1 sm uzunlikdagi qismidir. Bo‘g‘iz ichi kanal bo‘lib, yuqorida bachadon bo‘shlig‘iga, pastda bachadon bo‘ynining kanaliga qo‘shilib ketadi. Bachadon bo‘g‘zi shilliq pardasining tuzilishi jihatidan bachadon tanasiga, devorining tuzilishi jihatidan bachadon bo‘yniga o‘xshaydi. Homiladorlik va tug‘ruq vaqtida bachadon bo‘g‘zi tanasining pastki bo‘limi bilan birgalikda bachadonning pastki segmentini hosil qiladi. Bachadonning oldingi devoriga qorin pardasi mahkam yopishadigan joy – pastki segmentning yuqori chegarasi, bachadon bo‘yni kanalining ichki teshigi sathi bachadon pastki segmentning pastki chegarasi hisoblanadi.

Bachadon bo‘yni kanalining yuqori uchi – ichki teshigi bachadon bo‘g‘zining kanaliga o‘tadi; tashqi teshigi bachadon bo‘ynining qindagi qismi markaziga ochiladi. Tug‘magan ayollarda bachadon bo‘yni kanalining tashqi teshigi yumaloq yoki oval shaklda, tuqqan ayollarda ko‘ndalang yoriq shaklida. Tug‘ruq vaqtida tashqi teshik yonlarining chaqalanishi natijasida shakli o‘zgaradi.

Bachadonning bo‘yi tug‘magan ayollarda 7–8 sm, tuqqan ayollarda 9 sm, bachadon tanasi uzunligining 2/3 qismi tanasiga va 1/3 qismi bo‘yniga to‘g‘ri keladi.




Download 437,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish