2022-yil 30-may kuni Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’limida “Ayollar o’rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish” mavzusida o’tkazilgan uchrashuv
Bayonnomasi
30.05.2022yil Quvasoy shahar
Yig’ilishda qatnashdilar: Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’lim Xotin–qizlar masalalari bo’yicha bo’lim boshlig’i maslahatchisi M.Jabborova, Jinoyat ishlari bo’yicha Quvasoy shahar sudi o’rinbosari R.R.Zaripov, Quvasoy shahar Sufon MFY raisining oila, xotin-qizlar ijtimoiy- ma’naviy masalalar bo’yicha o’rinbosari M.Kenjayeva, Sufon MFY rasmiy otin oyisi Saidova Zaynabxon xojiona dekan o’rinbosarlari, guruh murabbiylari, talaba qizlar.
30.05.2022 kuni Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bolim Xotin- qizlar masalalari bo’yicha bo’lim boshlig’i maslahatchisi M.Jabborova tashabbusi bilan Oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlari to’grisida Viloyat Maxalla va oilani qo’llab quvvatlash boshqarmasi va Sufon MFY rasmiy otin oyisi Saidova Zaynabxon xojiona bilan “Ayollar o’rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bolim xotin- qizlar masalalari bo’yicha bo’lim boshlig’i maslahatchisi M. Jabborova ayolni oilada, farzand tarbiyasidagi o’rni, oilaning mustahkamligi ayolga bog’liq ekanligi to’g’risida gapirib tadbirni ochib berdi.
Sufon MFY raisining oila, xotin-qizlar ijtimoiy- ma’naviy masalalar bo’yicha o’rinbosari M.Kenjayeva Sufon qishlogidagi namunali oilalar misolida qizlarni oilada qanday tarbiyalash kerakligi, oila bekasining mas’uliyati haqida fikrlarini bildirdi.
Suhbat davomida Sufon MFY rasmiy otin oyisi Saidova Zaynabxon xojiona “Baxtli oila- baxtli kelajak” mavzusida oilada farzand tarbiyasi, ayniqsa qiz bola tarbiyasiga alohida e’tibor berish kerakligini hadislar misolida yoritib berildi. Ayol kishi- oilaning baxti, baxtli oila- baxtli kelajakning poydevori ekanligi haqida maslahatlar berib otdi.
Tadbir yakunida Ijtimoiy - gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi Yo. Qipchaqova talaba qizlarni Universitetning odob- ahloq qoidalari bilan yana bir bor tanishtirib, ijarada yashovchi talaba qizlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun badiiy kitoblar mutolaa qilish kerakligi, inson kamolotida kitobning o’rni beqiyosligini,inson kitob orqali ma’naviy ozuqa olishini ta’kidlab o’tdi.
Tadbir mehmoni Saidova Zaynabxon xojiona tadbirni Qur’on tilovat qilib, talabalarni o’qishlariga va ishlariga omadlar tilab, chiroyli duolar bilan yakun yasadi.
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quvasoy shahar sudi o’rinbosari: R.R.Zaripov
Do'stlaringiz bilan baham: |