Ayollar milliy kòylagi uchun andozani gazlamaga joylashtirmoq bichish va tikuv. Reja


-jadval. Milliy ko’ylak va lozim andozalari spetsifikatsiyasi



Download 1,19 Mb.
bet2/5
Sana17.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#816525
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ayollar milliy kòylagi uchun andozani gazlamaga joylashtirmoq bichish va tikuv

1-jadval.

Milliy ko’ylak va lozim andozalari spetsifikatsiyasi

Bo’lak nomi


Belgisi

Soni

Simmetriya belgisi


andozada

bichiqda

Old koketka


01

1

2

+

Ort koketka


02

1

1

-

Old bo’lak etagi


03

1

1

+

Ort bo’lak etagi


04

1

1

+

Yeng


05

1

2

+

Yoqa

06

1

2

+

Old koketka astari

07

1

2

-

Ort koketka astari

08

1

1

+

Adip

09

1

2

+

Lozim

10

1

2

+

Lozim manjeti

11

1

2

+



Izoh: «+» belgisi simmetrik bo’lakni anglatadi.


Andozalarni gazlamaga joylash va bichish
Gazlama tejamliroq ishlatilishi uchun ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak. Masalan, guli bir tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni bichish uchun mo’ljallangan bo’rlama tayyorlayotganda, andozalarni shunday joylashtirish kerakki, kiyim tikilgandan keyin ham uning bo’laklaridagi gullar yoki tuklar bir tomonga qaragan bo’lsin. Kiyimdagi simmetrik joylashgan bo’laklarning gullari bir xil joyga to’g’ri kelishi kerak. Bobrik, baxmal, yarimbaxmal, chiyduxoba kabi gazlamalardan tikilgan kiyimlar barcha bo’laklarining tuki yuqoriga yo’nalgan bo’lishi kerak, aks holda kiyimning ko’p ishqalanadigan joylari yaltirab qoladi. Gazlamaning tuki uzun bo’lib, aniq bir tomonga taralgan bo’lsa, uni kiyim tayyor bo’lganda tuklar pastga qarb turadigan qilib bichish kerak.
Gulsiz sidirg’a gazlamalarni bichishga mo’ljallangan bo’rlama tayyorlash uchun, andozalarni qarama-qarshi joylashtirsa ham bo’ladi. Agar bichiladigan gazlama yo’l-yo’l yoki katak bo’lsa, tikilayotganda yo’llari yoki kataklarini to’g’ri keltirish uchun bo’laklar mo’ljaldagidan kattaroq qilib bo’rlanadi. Bunda bo’lak bichiladigan gazlama qaysi usulda to’shalishini, qaysi bo’lak tayyor kiyimning qaysi yerida qanday turishini hisobga olish kerak. Shunda kiyim bo’laklarining hamma tomonini barobar kengaytirmay, balki bir tomonini kengaytirilib bo’rlash kifoya. Koketka old bo’lagining bort tomoni kengaytirib bichilsa, adipning qaytarma tashqari chekkasiga qaragan tomoni, yoqaning yuqori va pastki qirqim tomonlari kengaytiribroq bo’rlanadi.
Andozalarni gazlamaning tanda va arqog’i yo’nalishiga moslab joylashtirishning nihoyatda katta ahamiyati bor, chunki gazlama o’rish yo’nalishida kam cho’ziladigan bo’ladi.
Andozalar bo’rlama ustiga qanchalik zich joylashsa, bichish jarayonida gazlamalardan shunchalik kam chiqindi chiqadi. Shuning uchun andozalarni yaxshilab zich joylashtirish gazlamalarni tejashdagi asosiy omillardan hisoblanadi.
Gazlama sidirg’a bo’lsa, chiqindi kamroq, guldor yoki tukli bo’lsa, ko’proq chiqadi, chunki tukli yoki guldor gazlamalar uchun andozalar joylashtirishda kengaytirib bo’rlash kabi qator shartlarni hisobga olish kerak. Andozalarni zichroq joylashtirish uchun, oldin katta bo’laklarni qo’yib, ular orasiga mayda bo’laklar joylashtiriladi. Mayda bo’laklar ko’proq bo’lishi uchun ba’zi bo’laklarga (ostki yoqa, adip va boshqalarga) uloq beriladi.
Chiqindi kamroq bo’lishi gazlamaning enlik-ensizligiga, shuningdek, to’shama qanday usulda to’shalganiga ham bog’liq bo’ladi.
Tikishbop konstruktsiyali kiyimning bo’laklari keyingi ish jarayonida qo’shimcha qirqish, tekislash talab etilmaydigan qilib aniq bichilgan bo’lishi kerak. Buning uchun andozalarni joylashtirganda, yenglar qiyamasi, old qism bilan ort qismning yelka qirqimi, old yoqa o’mizi bilan boshqa bo’laklar orasida 0,5 sm oraliq qoldirilishi kerak. Tanda ipiga nisbatan bo’laklar yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chetga chiqishi eng kam bo’lishi kerak (chetga chiqish umuman bo’lmagani yaxshi). Andozalar joylashtirilayotganda kiyim astarida hech qanday uloq bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Kiyim avrasi old qismi va ort qismi bo’laklarining andozalari o’rish iplari bo’ylab nihoyatda aniq bo’lishi kerak.
Lozim bo’laklarini bichishda og’iga uloq berish mumkin. Yon chiziq tanda ipi yo’nalishi bo’yicha joylashtiriladi.
Andozalar gazalama ustiga joylashtirilgach bo’rlanadi. Bo’r chizig’i qalinligi 1-2 mm dan oshmasligi kerak.
Bichishga mo’ljallangan gazlama ko’rikdan o’tkaziladi, nuqsonlari aniqlanadi, dekatirovka qilinib (suv purkab yoki namlab) dazmollanadi.

2-jadval.


Ayollar milliy ko’ylagi va lozimi bo’laklari andozalariga
qo’yiladigan chok haqlari miqdori






Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish