Ayollar mavzusidagi maqollar tahlili
Buxoro davlat universitetining
pedagogika instituti o’zbek tili va
adabiyoti 1-kurs talabasi
Husayinova Dildora
Maqol ota-bobolarimizning yillar davomida ko’rgan-kechirganlari, tajribalari asosida yuzaga kelgan xulosalaridir. Maqollar xilma-xil mavzularda bo’lishi mumkin. Masalan, do’stlik, vatan, mehnat, ilm-hunar egallash, botirlik, saxovat, adolat va hokazo. Dono xalqimizning nazaridan ayollarga bag’ishlangan maqollar ham chetda qolmagan. Ayol mavzusidagi maqollarda ham ayollarning turli xarakterlari, ularning ibo-hayosi, odob-axloqi ochib berilgan. Masalan, yangi tushgan kelinlarga atalgan maqollarni olaylik. Kelinni kelganda ko’r, sepini yoyganda ko’r; kelinni kelar yilda ko’r. Birinchi maqolda “To’g’ri ma’noda: kelin ota uyidan turmush quradigan uyga kelmasidan ilgari uning husn-u jamolini, fe’l-atvorini, olib kelgan sepini yoymasidan ilgari uning molini maqtama deyilmoqchi. Majozan: “Hali bo’lmagan, amalga oshmagan, natijasi chiqmagan, noma’lum ish ustidan maqtanib yurma. Bu ish oldin bo’lsin, bitsin, natijasi ma’lum bo’lsin, ko’raylik, agar haqiqatan ham maqtovga loyiq bo’lsa, ana undan keyin maqtasang (yoxud maqtansang) arziydi”, degan ma’noda qo’llaydilar. Varianti: “Kelinni kelganda ko’r, go’shangaga kirganda ko’r” (go’shanga-odatda oq matodan tikiladigan parda. O’tmishda uyning bir burchagi shu parda bilan to’sib qo’yilardi-da, nikoh to’yi tugagach, kelin bilan kuyov birinchi visol kechasini shu go’shanga ichida o’tkazishardi); “Kelinni kelganda ko’r, sochbog’ini solganda ko’r” ; “Kulukni kelganda ko’r. Dumini suzganda ko’r” (Kuluk-chopqir ot. Kulukni poygaga qo’shar oldida chaqqon qilmoqlik uchun dumini o’z qili bilan ixcham qilib bog’lab qo’yadilar. “dumini suzmoq ” degani-shu. Bundan tashqari, maxsus ot bozori bo’lmagan qishloqlarda sotiladigan otni bozorga solganda uning dumini o’z qili bilan o’rtasidan bog’lab qo’yadilar. Bu uning sotilishiga belgi bo’lardi. Ana shuni ham “dumini suzmoq” derdilar). Bu keyingi maqolni to’g’ri ma’noda: “Kuluk-kuluk deb uni oldindan ko’p maqtayverma. Dumini suzsinlar, maydonga kirsin,chopsin, boshqa kuluklardan o’zib ketsin, ana undan keyin maqtasang arziydi” deyilmoqchi; Majozan: “Falonchi odam undoq, bundoq deb oldindan maqtama. Uning kimligi, qandayligi, gap-so’zidan, qiladigan ishidan ma’lum bo’ladi. Shunday keyingina u haqida ijobiy yo salbiy xulosa chiqarish mumkin”, degan ma’noda qo’llaydilar”.1
Ikkinchi maqolda “Kelinni yangiligida maqtama, darhol yomonlashga ham tushma. Uni kelar yilda, ya’ni kelasi yilda ko’r. Shu bir yilda, ya’ni kelasi yilda ko’r. Shu bir yilda fe’l-atvori ma’lum bo’ladi-qo’yadi”.2
Shunday qilib, kelin sepi yoki chiroyi bilan emas, balki mehnatkashligi, odobi bilan o’zbek xalqida aziz.
Yana shunday maqolimiz borki, bu- kelsa xotin urug’i, topilar uning yo’rig’i,kelsa erning urug’i bo’lar yurak burug’i.
“Mazkur maqol bilan yomon, dili qora , ichi tor, xudbin xotinlar uyga erining biron qarindosh-urug’i kelib qolguday bo’lsa, uni chehra ochib emas, chiroysitib qarshi oladi, borini dasturxonga keltirib qo’ymaydi, ichida “tezroq keta qolsin!” deb o’tiradi. O’zining qarindosh-urug’lari kelguday bo’lsa, ularni o’tkazgani joy topolmay qoladi, borini dasturxoniga to’kib soladi ” 3,- deyilmoqchi.
Ha, guruch kurmaksiz bo’lmaydi deganlaridek, jamiyatimizda ham shunday ayollar uchrab turadi. Bunday insonlar hech qachon yorining va boshqalarning hurmatini qozonolmaydi. Oilasini halokatga yetaklaydi. Bundaylarga ayol degan buyuk nom uvol.
Yana bir hayotmizdagi yomon illatga bag’ishlagan maqol bor. Bu-kichik xotin suyuk bo’lar, katta xotin quyuq bo’lar. “Bu maqol bilan xotin olib, xotin qo’yishni kasb qilib olgan, bu yaramas odati bilan insoniylik chegarasidan chiqib ketadigan shaxslarni qoralaganlar. Variant: “Katta kelin uyda turar, kichik kelin to’yda yurar”; “Boybicha xudo buyrug’i, to’qol-itning quyrug’i ” (boybicha-bitinchi xotin, to’qol-ikkinchi, uchinchi yo to’rtinchi xotin. Bu maqolni kundoshlar eriga suyukli bo’lgan kichik xotinni ko’rolmay, kamsitib aytganlar)”.4
Bunday voqealar tariximizda bo’lgan, lekin hozir ham uchrab turishi achinarli holat. Buning oxiri yaxshilikka olib kelmaydi. Masalan, to’rttagacha xotin olishga ruxsat berilgan davrda yashagan jadid bobolarimizning asarlarini olaylik. Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanida kundoshlik azobi aniq va tiniq yoritib berilgan va bu Kumushning o’limiga sababchi bo’ldi. Yoki bo’lmasa, Cho’lponning “Kecha va kunduz” asarini olaylik. To’rtinchi xotin bo’lib
______________________
1 “Ma’nolar mahzani”. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti 2001-yil 175-bet, 176-bet, 182-bet
turmushga chiqqan Zebining taqdirini olaylik. Oxiri nima bo’ldi? Begunoh Zebi yetti yilga Sibirga surgun qilindi. Yana qancha misol keltirish mumkin. Shuncha narsani ko’ra bila turib bu jaholatdan chiqib ketolmayapmiz. Nima bo’lganda ham ayol so’zi buyuk nom. Mana shu nomga loyiq bo’laylik. Xulosa qilib aytganda, biz eshitmagan, bilmagan ayol haqidagi maqollarimiz son mingta.Ularni topib, tahlil qilish biz yoshlar qo’lida.
Do'stlaringiz bilan baham: |