Takrorning turli formalari orasida badiiy nutqda ishlatiladigan va deyarli
boshqa nutqda ishlatilmaydigan takrorlar ham uchraydi, ular so’zning ko’p
27
“Miss Witherfild
retired, deeply impressed with the magistrate’s learning
and research; Mr Nupkins retired to lunch; Mr Jinks retired within himself – that
being the only retirement he had …. and Mr Grumner retired to wipe out …. the
insult which had been fastened upon himself. ”
Yuqoridagi misolda “to retire” fe’li uch xil ma’noda ishlatilgan. Bunday
turdagi takrorning asosiy vazifasi so’z o’yini. Bir so’zning turli xil ma’nodagi
takrori asosiy takrorlanayotgan so’zning ma’nosini aniq detallashtirishga yordam
beradi.
Takror yoki repriza stilistik figura bo’lib, tovushlar, so’zlar, morfemalar,
sinonimlarning takroridan iborat. Takror nutqning boshqa formalari singari hissiy
bo’yoqdorlikni kuchaytirishda xizmat qiladi. Takrorlardan qo’shimcha ma’lumot
28
berish uchun foydalaniladi, bundan tashqari gaplar orasida bog’lovchilik vazifasini
bajarish uchun xizmat qiladi. Takror she’riyatda keng qo’llaniladi. Ba’zi olimlar
takrorni she’riyatning ajralmas qismi deb baholaydilar. Takror metiik va evfonik
elementlardan iborat. Metiik elementlarga she’r, anakruru, epikruru kirsa, evfonik
elementlar tarkibiga esa qofiya, assonans, dissonans, refren kiritilgan.
1
Takrorning vazifasi turli xil. Takror testning mavzusini, uning g’oyasini
ochib beradi.
Masalan:
Beauty is truth, truth beauty-that is all.
Ye know on earth, and all ye need to know.
Bu parchada go’zallik va haqiqat bir butunlik sifatida ko’rsatilgan.
Lingvistik jihatdan analiz qilsak ega va kesim “to be” fe’li yordamida bog’langan.
Tekst ichida takror muhim bog'lovchi vosita bo'lib xizmat qiladi.. Asosan
takror kitobxonning diqqat e’tiborini kalit so’zga qaratishga xizmat qiladi.
Takrorning eng birinchi vazifasi kuchaytirish. Kuchaytirish vazifasidagi takror
odatda qurilishi jihatidan sodda, takrorlanayotgan so’zlar bir-biriga yaqin
joylashgan bo’ladi. Takrorning boshqa vazifalari kuchaytirish kabi hissiy
bo’yoqdorligi kuchli emas. Takrorning boshqa vazifalari konteksdan ma’lum
bo’ladi. Dikkensning “Our Mutual Friend” romanidagi parchada takror ketma-
ketlik vazifasini bajargan. Bu vazifani aniqlab berayotgan “then” siz ham buni
aniqlash mumkin.
“Sloppy … laughed loud and long. At this time the two innocents, with
their brains at that apparent danger, laughed, and Mrs. Hidgen laughed and the
orphan laughed then the visitors laughed.”
Laughed so’zining takrori sahna tasvirining obrazli jonlantirish
maqsadida xizmat qilgan.
Ba’zan takror modallik vazifasini ham bajaradi:
1
Арнольд И.В. Стилистика современного англ.языка. Л., Просвещение, 1973.
стр.216.