2-boshlovchi:
- Xushaxabar keltirsa kim farzandidan
Yo’liga poyondoz to’shaydi ayol.
Bo’lsin u olima, ishchi, shifokor,
Dunyoda bolam deb yashaydi ayol.
1-boshlovchi: - Ha, darhaqiqat ayol kishi qanday kasb egasi bo’lmasin u eng avvalo, farzandim deb yashaydi, farzandim deb aql bovar qilmaydigan jasoratlarga bel bog’laydi. U eng avvalo farzandlarining mehribon onasi, dono maslahatchisi, qo’li shirin pazanda, oqila uy bekasidir.
2-boshlovchi: - To’g’ri aytasiz, dunyoda bolam deb kuyib-yonmaydigan ayol bo’lmasa kerak. Keling shunday ayollarning qalbiga bir quloq solib ko’raylik, ular nima der ekan. Sahnaga turli kasb egalariga xos kiyingan qizlar chiqib, o’zlartini tanishtirib she’r o’qishadi.
Shifokor:
Oppoq tilak bilan yashayman
El sog-omon bo’lsin deb albatta
Shunda men ham yayrab-yashnayman
Shifokorman lekin avvalo
Farzandimga sodiq onaman.
Sochsalarda boshimdan tillo
Bolam deyman kuyib yonaman.
Muallima:
Shogirdlarim jonu jahonim
Hayotimning mazmun ma’nisi
Davrasida o’rat har onim
Farzandlarim ular barisi
Yaxshi ko’rmay suyub qanchalar
Muallima, oddiy onaman.
Farzand shirin aziz bunchalar
Bolam deyman kuyib yonaman.
Shoira:
So’z qaymog’I suzilar betga
Bahor misol yasharar olam
Qog’oz qalam surilar chetga
Nogahonda yig’ilsa bolam.
Dardga to’la bag’rim yuragim
Shoiraman lekin onaman
El-yurt tinchi orzu tilagim
Bolam deyman kuyib yonaman.
Chevar:
Qo’llari gul mohir chevarman
Ish tikaman mehrimni qo’shib
Odamlarni dildan sevarman
Xizmat qilay qalbimdan jo’shib
Ko’zlarimda quvonch o’t chaqnar
Tole kulgan baxtli onaman.
Mashhur qildi elga shu hunar
Bolam deyman kuyib yonaman.
Tadbirkor ayol:
Ishbilarmon tadbirkor ayol
Yurt buguni porloq ertasi
Rejalarim demang puch xayol
Korxonaning rahbar bekasi
Imkon qo’lida qilmayman inkor
Tadbirkorman, ayol onaman.
Mansab, shuhrat arzimas zinhor
Bolam deyman kuyib yonaman.
Zardo’z:
Iplarimning zari tillodan
Bezaklarda quyosh aks etar
Momomeros asli xudodan
Igna tutsam ular raqs etar
Zardo’zlik bu hunarmas san’at
Kasbim faxrim, ammo onaman
Mehrim ulug, tuganmas davlat
Bolam deyman kuyib yonaman.
Olima:
Zahmat chekib tunlarko’z ilmay
Jumboqlarning yetdim siriga
Va aylandim so’ng bilib-bilmay
Bilim qasrin asirasiga
Martabam zo’r mashhur olim
Avvalo shukur onaman
Tilda, dilda yolg’iz kalmia
Bolam deyman kuyib yonaman.
She’r yakuniga yaqin 2-boshlovchi qiz chiqib barcha she’r o’qigan kasb egalari tomon o’ng qo’lini ulargha ishora holida she’r o’qiydi:
Qay bir kasbda qanday mansabda
Ishlamasin bu ona
Pokiza u nasli nasabda
Farzandiga mudom parvona.
Jasoratda erlardan o’tar
Ibo hayo yo’l bermas xiyol
Dilin faqat bir sog’inch o’rtar
Bolam deydi dunyoda ayol.
Qizlar o’rinlarini egallaydilar. Davraga 1-boshlovchi chiqib, 2-boshlovchi yonidan joy oladi.
1- boshlovchi: - Xalqimizda ayolni e’zozlagan millatning qadri hamisha baland bo’ladi degan ajoyib naql bor. Darhaqiqat, mamlakatimiz davlat va jamiyat qurilishida yil sayin xotin-qizlar faolligi oshib bormoqda. Bu esa millatimiz qadr qimmatini yuksaklikka ko’tarish emasmi?
2- boshlovchi: - Istiqlol yillarida Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi.
1- boshlovchi: - Ha, albatta onalar salomatligini mustahkamlash, yosh avlod hamda oilalarni ijtimoiuy himoyalash borasida tutgan va unda avvalgi yillardfa boshlangan ezgu ishlar ko’plab xayrli chora tadbirlar ushbu yoshlar yilida ham davom ettirilib ajoyib loyihalar amalgam oshirilayotgani buni yorqin dalilidir.
2-boshlovchi: - Yurtboshimiz tashabbusi bilan tas’is etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mamlakatimiz iqtidorli qizlarini aniqlash, qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, yangi marralar, yangi ijodiy yutuqlar sari da’vat etishda muhim omil bo’lmoqda.
1-boshlovchi: - Buni birgina sportchi qizlarimizning vatanimiz sharafini jahon miqyosida munosib himoya qilayotganligi misolida ham yaqqol tasavvur etishimiz mumkin. Bundan tashqari ular ilm-fan ta’lim, sog’likni saqlaah, ishlab chiqarish, san’at, adabiyot va boshqa ko’plab sohalar rivojiga qo’shayotgan hissalarini ham e’tirof etmay bo’lmas.
Shu o’rinda sportchi qizlarning chiqishlari tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo’aldi.
2- boshlovchi: - Aziz davramiz mehmonlari. O’quvchi bolalar shoir G’.Gulomning “Onajonimga” she’rini yodlab kelishibdi. Uni bayram tuhfasi sifatida qabul eting.
1- o’quvchi:
- Mehri oftob bo’lgan
Har so’zi kitob bo’lgan
Yog’u qaymoq murabbo
Oy kulcham shirin kulcham
Jahon onajonimsan.
2- o’quvchi:
- Yulduzni uzib beray
Kundizni tuzib ebray
Vatan axir chamanku
Kundizimsiz ham kecham
Osmon onajonimsiz.
3-o’quvchi:
- Bag’ringiz fazga teng
Uchishni ham o’rgating
Vatanimday bebaho
Siz ko’rsating yo’l olay
Chaqmoq ko’kda uchganday.
1-boshlovchi: - Qizlar ham bugungi tadbirimizga shoir Raif Tolibning “Oyi,oyijon” nomli she’rini yodlab kelishibdi. Qani marhamat.
Do'stlaringiz bilan baham: |