Bachadon naylari bachadonning yuqoridagi burchaklaridan (tubidan)
boshlanib, serbar boylamning yuqori chekkasi bo‘ylab chanoqning
yon devorlariga boradida, voronka (
ampulla tubae) shaklida tugaydi (2-rasmga qaralsin). Bachadon naylarining bo‘yi 10–12 sm, eni har xil bachadon
burchagi yaqinida torroq, erkin uchiga tomon kengroq bo‘ladi. Bachadon naylarining bo‘shlig‘i bachadon bo‘shlig‘iga tutash; bachadon nayining shu joydagi interstisial qismidagi teshigi diametri 0,5–1 mm bo‘lib, istmik qismida bachadon naylarining bo‘shlig‘i kengroq, voronkalar sohasida esa naylarning diametri 6–8 mm ga yetadi. Nay voronkasi qorin bo‘shlig‘iga ochiladi. Voronkaning erkin chekkasi shokila (fimbriya) lar deyiladi. Bu shokilalar tuxumdondan chiqqan tuxum hujayraning bachadon nayi bo‘shlig‘iga kirishiga yordam beradi.