Tuxumdonlar (ovaria) – ayollar jinsiy tizimining asosiy a’zosidir. Tuxumdonlar bodom shaklida bo‘lib, bo‘yi 3,5–4 sm, eni 2–2,5 sm, qalinligi 1–1,5 sm, vazni 6–8 g bir juft jinsiy bezlardir. Qarilik davrida tuxumdonlar
zichlashadi, kich rayadi, ularda qo‘shimcha to‘qimalar taraqqiy etadi.
3-rasm. Tuxumdonning kesilgan holatdagi ko‘rinishi (sxema).
1 – embrional epiteliy; 2 – po‘stloq qavati; 3 – rivojlan ishning turli bosqichlaridagi follikulalar; 4 – sariq tana; 5 – sariq tana qoldig‘i; 6 – mag‘iz (miya) qavati.
Tuxumdonning bir chekkasi serbar boylamning orqadagi varag‘iga suqilgan; qolgan hamma yuzasi qorin pardasi bilan qoplanmagan bo‘lib, kichik chanoqning qorin bo‘shlig‘iga bemalol chiqib turadi (2-rasmga qaralsin). Tuxumdonni: 1) bachadonning serbar boylami, 2) tuxumdonning o‘z boylami, 3) voronka-chanoq boylamlari erkin osilgan holatda ushlab turadi. Tuxumdonga qon tomirlar va nervlar, uning serbar boylamning orqa varag‘iga tutashgan joyidan o‘tadi (tuxumdon darvozasi – hilus ovarii).
Tuxumdon quyidagicha tuzilgan: a) tuxumdonning bo‘sh yuzasini qoplaydigan epiteliy – oqsil pardasi, b) po‘stloq qavati, d) mag‘iz qavati (3-rasm).
Tuxumdon ishlab chiqaradigan gormonlar (jinsiy gormonlar) ayolning butun organizmiga va jinsiy a’zolariga ta’sir etadi. Tuxumdon gormonlari ayol organizmiga xos belgilarning taraqqiy etishiga imkon beradi. Qiz balo g‘atga yetgach bu gormonlar ayol organizmini homiladorlikka tayyorl aydigan siklik jarayonlarda qatnashadi.
Tuxumdon gormonlari follikulalar va sariq tanachalarda ishlab chiqariladi. Follikulalar follikulyar yoki estrogen gormonlarni, sariq tana esa progesteronni ishlab chiqaradi.
SUT BEZLARI
Sut bezlari (mammae) shingilga o‘xshash tuzilgan (4-rasm, a). Sut bezining parenximasi bir talay pufakchalardan (alveolalardan) tarkib topgan. Bu pufakchalar sut chiqarish yo‘li (ductus lactiferus) ning atrofida joylashadi va shu yo‘lning kanaliga tutashadi. Bez to‘qimasining bunday o‘choqlari birga qo‘shilib, yirik pallachalarni hosil qiladi. Bez epiteliysi sekret chiqarish vazifasini o‘taydi. Bez pallalari o‘rtasidagi tolali qo‘shuvchi to‘qimada elastik tolalar va yog‘ bor.
a) b)
4-rasm. sut bezi.
a – sut bezining tuzilishi sxemasi; 1 – sut bezining bo‘laklari; 2 – yog‘ to‘qimasi; 3 – sut yo‘llari; 4 – emchak uchi. b – emchak uchi va uning atrofidagi qoramtir doiracha (areola)
Sut bezidagi pallalar soni 15–20 taga yetadi, har bir pallaning sut chiqarish yo‘li bor, alveolalar bilan bog‘langan hamma mayda yo‘llarning sekreti sut chiqarish yo‘liga quyiladi. Har bir pallaning sut chiqarish yo‘li emchak uchiga alohida-alohida (boshqa yo‘llarga qo‘shilmasdan) ochiladi; emchak uchida palla yo‘llarining soniga yarasha 15–20 teshik bor, bular sut teshiklari deb ataladi. Har bir sut yo‘li emchak uchiga chiqishidan oldin emchak uchi tagida kengayadi (sut xaltachasi). Bezning qavariq yuzasida emchak uchi (papilla mammae) bor (4-rasm, b), u burishgan, pigmentlangan nozik teri bilan qoplangan. Emchak uchi silindr yoki konus shaklida bo‘lib, kattaligi har xil. Emchak uchi ba’zan yassi hatto ichiga tortilgan bo‘ladi, bu esa bolaning emishini qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |