xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish. Barcha davlatlar individual shikoyatlar
bildirish jarayonini huquqiy tartibga soluvchi «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro
pakt» va unga fakulьtativ protokolni, shuningdek qiynoqdan huquqiy himoya qilish vositalari va
kafolatlarini o’zida aks ettirgan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishlari kerak;
13) qiynoqqa qarshi qo’mitaning faoliyati. BMT Qiynoqqa qarshi qo’mitasining tavsiyalari
hamda Konventsiyaning asosiy shartarini ijro etish bo’yicha davlatlarning milliy hisobotlarini ko’rib
chiqishi lozim Qiynoqqa qarshi kurash amaliyoti dastavval 1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi» hamda Genotsid jinoyatlarining oldini olish hamda ularni jazolash
to’g’risidagi konventsiyadan boshlangan. Ushbu hujjatlar 1966 yilda qabul qilingan «Fuqarolik va
siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt» hamda 1984 yildagi Qiynoqqa va boshqa shafqatsiz,
noinsoniy va qadr-qimmatni tahqirlovchi muomala va jazo turlariga qarshi kurash to’g’risidagi
konventsiya yordamida tasdiqlandi.
Konventsiyada har bir davlat o’z yurisdiktsiyasidagi borasida har qanday hududda qiynoq bilan
bog’liq holatlarning oldini olish bo’yicha samarali qonunchilik, ma’muriy va boshqa choralarni
ko’rishi zarurligi belgilab qo’yilgan (2-moddaning 1-b.). Urush holati va tahdidi, ichki siyosiy
tartibsizlik yoki har qanday favqulodda holatlar qiynoqni oqlash bilan bog’liq sabab sifatida
baholanmaydi (2-moddaning 2-b.). Bundan tashqari, 1- paragrafning 3-moddasida: «Hech qanday
ishtirokchi davlat shaxsni unga jo’natilayotgan davlatda qiynoqni qo’llash bilan bog’liq jiddiy asoslar
mavjud bo’lgan holatda boshqa davlatga jo’natishi, qaytarishi va berishi taqiqlanadi», deyilgan.
Unda nafaqat inson huquqlari, balki inson huquqlarini ta’minlashning kafolatlari ham yoritib
berilgan. Ushbu konventsiya xalqaro hujjatlar tizimining umum e’tirof etilgan inson huquqlari
manbalari orasida va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati borasida muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbu xalqaro huquqiy hujjatda xalqaro huquq normalarining milliy qonunchiliklar oldidagi
mavqei ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «Muqaddima»sida belgilab
qo’yilganidek, huquqni muhofaza qilish organlari o’z faoliyatlarida inson huquqlari sohasidagi umum
e’tirof etilgan xalqaro standartlarga amal qiladilar.
Biroq hozirgi xalqaro munosabatlarning o’ziga xos jihatlaridan biri, nafaqat xalqaro hayotda,
balki jamiyatning ichki hayotida ham xalqaro organ va tashkilotlar rezolyutsiyalarining ta’siri o’sib
borishi hisoblanadi. Ko’rib chiqilayotgan muammoda qayd etilgan o’ziga xoslik qiynoqqa qarshi
konventsiyani hamda uning me’yoriy tabiatini tahlil qilishni talab etmoqda. SHu nuqtai nazardan
O’zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari, shu jumladan, ichki ishlar organlari
tomonidan qiynoq va shunga o’xshash shafqatsiz muomalaning qo’llanishiga yo’l qo’ymaslik
maqsadida ushbu hujjatning normalariga oid bilimlarning ahamiyati juda ham muhimdir.