CHANOQ BIRLASHMALARI
Chanoq suyaklari simfiz, dumg‘aza-yonbosh va dumg‘aza-dum
birlashmalari yordamida o‘zaro qo‘shiladi. Chanoq birlashmalarida
tog‘ay pardalar bor. Chanoqning hamma birlashmalari pishiq boylamlar
bilan mustahkamlangan.
Simfiz kamharakat birlashma, yarim bo‘g‘im hisoblanadi. Ikkala
qov suyagi simfizda tog‘ay parrasi yordamida birlashadi, unda
ko‘pincha suyuqlik bilan to‘la kichkina yoriqsimon bo‘shliq bo‘ladi;
homiladorlik vaqtida bu yoriq kattalashadi.
Simfizning ustki chekkasi bo‘ylab qov suyagining yuqori boylami,
pastki chekkasiga esa ravoqsimon boylam tortilgan, simfizning
tashqi va ichki yuzalarida qov suyagining oldingi va orqadagi
boylamlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |