Dumg‘aza-yonbosh birlashmalarida yoriqsimon tor bo‘shliq
bo‘lib, ular deyarli harakatsiz bo‘g‘imlardir. Bo‘g‘im maydonchalari
g‘adir-budir yuzali bo‘lganligi va g‘oyat pishiq boylamlar borligidan
dumg‘aza-yonbosh birlashmalarida deyarli hech qanday
harakat yuzaga chiqmaydi.
Ikki juft boylam: dumg‘aza suyagining pastki qismi bilan
quymich suyagining o‘siqlari orasiga tortilgan dumg‘aza-o‘tkir qirrali
boylamlar (lig. sacro-spinosum) va dumg‘azaning pastki qismi
bilan dum suyagidan quymich do‘mboqlariga boruvchi dumg‘azado‘
mboq boylamlari (lig. sacro-tuberosum)ning ahamiyati katta. Bu
boylamlar quymich suyagining ikkala o‘ymasini tutashtirib, katta va
kichik quymich teshiklarini hosil qiladi, chanoq bo‘shlig‘idan o‘sha
teshiklar orqali muskullar, tomirlar va nervlar o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |