rasm. rasm.
2.Aylantirish usulida masala yechish.
4–masala. ∆ABC(∆A′B′C′, ∆A″B″C″) tekislikning H tekislik bilan tashkil etgan burchagini aniqlansin (4.4–rasm).
Yechish. Izlangan α burchakni aniqlash uchun berilgan ∆ABC tekislikni frontal proyeksiyalovchi vaziyatga keltirish kerak bo‘ladi. Buning uchun uchburchakning biror, masalan, C nuqtasidan i′⊥H aylanish o‘qi o‘tkaziladi va bu o‘q atrofida uchburchakni h1⊥V (epyurda h′1⊥V) vaziyatga kelguncha aylantiriladi. Bunda, uchburchakning A, B va C nuqtalari ham φº burchakka harakatlanadi. Chizmada uchburchak uchlarning yangi A′1, B′1 va C′1 proyeksiyalari orqali uning A″1B″1C″1 frontal proyeksiyalarini aniqlanadi. Bu nuqtalar o‘zaro tutashtirilsa, A″1B″1C″1 kesma (uchburchakning yangi frontal proyeksiyasi) hosil bo‘ladi. Bu kesmaning Ox o‘qi bilan tashkil etgan α burchagi ∆ABC ni H tekislik bilan hosil etgan burchagiga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |