ko’p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo’lsa; mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatish natijasida olingan boshqa daromadlar. Shular bilan bir qatorda soliq solinadigan baza quyidagi soliq to’lov va yig’imlarga ham kamaytiriladi: 1. avtomobillarga yokilgi kuyish shoxobchalari uchun: jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yokilgisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan Soliq so’mmasiga; benzin, dizel yokilgisi va gazning avtomobillarga yokilgi kuyish shoxobchalarining belgilangan eng yukori ustamadan oshadigan chakana narxi bilan olish narxi o’rtasidagi Mahalliy byudjetga o’tkazilishi lozim bo’lgan farq so’mmasiga; 2.lotereya uyinlarini tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun – yutuq (mukofot) fondining so’mmasiga, biroq tarkatilgan chiptalarga chiqqan yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy so’mmasidan ortiq bo’lmagan miqdoriga; 3.brokerlik tashkilotlari uchun – bitim so’mmasidan birjaga o’tkaziladigan vositachilik yig’imi so’mmasiga; vositachilik, topshirik shartnomasi bo’yicha 4.vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – realizasiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda to’langan bojxona to’lovlari so’mmasiga. Aylanmadan olinadigan soliq imtiyozlari. Aylanmadan olinadigan soliq to’lovini to’lashdan kaysi subyektlar ozod qilinadi? Aylanmadan olinadigan soliqto’lovini to’lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assosiasiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan korxonalar ozod qilinadi. Savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar ozod kilinmaydi. Kichik biznes subyektlari – mikrofirma va kichik korxonalar birinchi chorak, yarim yil va 9 oy yakunlari bo’yicha davlat Soliq inspeksiyasiga hisobot choragining keyingi oyining 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa — yillik moliyaviy hisobotni tag’dim etish muddatida aylanmadan olinadigan soliqto’lovi bo’yicha hisob-kitoblarni tag’dim etadilar. Hisob-kitoblar belginlangan shakllarda tag’dim qilinadi. Mikrofirma va kichik korxonalar aylanmadan olinadigan soliqto’lovini har chorakda usib boruvchi yakun bilan hisobot to’zadi va uni tegishli davlat Soliq inspeksiyasiga topshiradi, ya’ni Soliq to’lovini hisobot choragidan keyingi oyning 25-kuniga kadar amalga oshiradi.