Aylanma mablag`lar va ularni tashkil qilishda bank kreditining roli


jadval Aylanma aktivlarni tashkil qilish manbalari



Download 104,5 Kb.
bet2/5
Sana20.07.2021
Hajmi104,5 Kb.
#124562
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aylanma mablag'lar

jadval

Aylanma aktivlarni tashkil qilish manbalari

(foiz hisobida)

 

Manbalar

01.01.1987

01.01.1990

01.01.1995

01.01.1999

1.

O`z aylanma mablag`lari

25

30

39

52

2.

Bank kreditlari

50

40

36

28

3.

Kreditor qarzlar

14

16

15

14

4.

Boshqa manbalar

11

14

10

6

 

Jami

100

100

100

100

Jadval ma`lumotlari shuni ko`rsatadiki, oxirgi yillarda aylanma aktivlarning manbasidagi korxonaning o`z aylanma mablag`lari salmog`i oshib bormoqda. 80-yillardan aylanma mablag`larning 50 foizdan ortig`i bank krediti hisobidan tashkil qilingan bo`lsa, 90-yillarning oxiriga kelib korxonaning o`z mablag`lari miqdori 52 foizni tashkil qilgan. Bu ko`rsatkich xo`jalik faoliyatini olib borish mustaqilligidan dalolat beradi.

Xo`jalik subyektlarining aylanma aktivlarini tashkil qilishda kreditning rolini quyidagilar bilan ifodalash mumkin:



  1. Kreditning xo`jalik oborotida ishtirok etishi aylanma mablag`larni iqtisod qilishga olib keladi.

  2. Kredit xo`jaliklar faoliyatida uchrab turuvchi mavsumiy ehtiyoj, boshqa holatlar bilan bog`liq bo`linishlarning oldini olishga yordam beradi.

  3. Kredit ishlab chiqarish, tayyorlov va sotish jarayonini tezlashtiradi va hajmini oshiradi.

  4. Kredit o`z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

  5. Bank korxonalarga kredit berish yo`li bilan ularning faoliyatini yaxshilanishiga ta`sir ko`rsatadi.

Aylanma aktivlarning uchinchi manbasi - kreditor qarzlardir.

Kreditor qarz shaklidagi mablag`lar korxonaga tegishli bo`lmagan mablag`lar bo`lsa-da, ular korxona oborotida doimo ishtirok etadi. Shu tufayli ular aylanma aktivlarning manbai hisoblanadi. Kreditor qarzlarga quyidagilar kiradi:



  1. Mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblar.

  2. Budjet bo`yicha qarzlar.

  3. Mehnatga haq to`lash bo`yicha qarzlar.

  4. Ijtimoiy sug`urta va ta`minot bo`yicha qarzlar.

  5. Mulkiy va shaxsiy sug`urta bo`yicha qarzlar.

  6. Budjetdan tashqari to`lovlar bo`yicha qarzlar.

  7. Shu`ba korxonalariga qarzlar.

  8. Uyushma korxonalariga qarzlar

  9. Boshqa kreditorlar.

Aylanma aktivlarning boshqa manbalariga moddiy rag`batlantirish fondi va boshqa fondlar qoldiqlari kirishi mumkin. Korxonalarning moliyaviy ahvoli ijobiy bo`lsa, u o`z vaqtida bank kreditini to`lashi, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilishi, ish haqini to`lashi, budjetga to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishi mumkin.

Korxonaning moliyaviy ahvoli yomonlashganda to`lanmagan qarzlar hosil bo`ladi. To`lanmagan qarzlar:

a) bank kreditlari bo`yicha;

b) mol yetkazib beruvchilarga o`z vaqtida to`lanmagan qarzlar;

v) ish haqi bo`yicha to`lanmagan qarzlar va boshqalar bo`yicha yuzaga keladi.

To`lanmagan qarzlarning yuzaga kelish sabablari korxona ko`zlagan rejalarining amalga oshirilmaganligi, aylanma aktivlardan foydalanishida samaraga erisha olmaslik va boshqalar bo`lishi mumkin.

Aylanma aktivlardan foydalanishda bo`ladigan kamchiliklar:


  1. Korxonalar o`z aylanma mablag`lari bilan yetarli ta`minlanmagan sharoitida;

  2. Aylanma aktivlar aylanishi sekinlashganda;

  3. Korxonada talabdan ortiqcha tovar moddiy boyliklar zaxiralari yig`ilib qolganda;

  4. Aylanma aktivlar ko`zda tutilganidan boshqa maqsadlarga ishlatilganda yuzaga keladi.

Korxona o`z aylanma aktivlarining holatini, ularning samaradorlik ko`rsatkichlarini doimiy nazorat qilib borish lozim.

Aylanma aktivlardan foydalanishning samaradorlik ko`rsatkichlari bo`lib:

a) aylanma aktivlarning kunlarda aylanishi;

b) aylanma aktivlarning aylanish koeffitsiyenti;

v) korxonaning o`z mablag`lari bilan ta`minlanganlik darajasi;

g) korxona oborotida mavjud bo`lgan o`z aylanma mablag`lari kabi asosiy ko`rsatkichlar va bir necha qo`shimcha ko`rsatkichlar mavjud.

1. Aylanma mablag`(aktiv)larning kunlarda aylanishi (Ak.a.) aylanma mablag`lar bir marta aylanishi (ya`ni P-T...i/ch...T`-P`gacha) uchun necha kun ketganligini tavsiflaydi va quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi.

Bu yerda: Ao`.q. - Aylanma mablag`(aktiv)larning o`rtacha qoldig`i

K - hisoblanayotgan davrning kunlar soni (90 kun, 180 kun, 360 kun)

S - sotuv hajmi.

Aylanma aktivlarning kunlarda aylanish sonining qisqarishi ular aylanishining tezlashuvidan, bu o`z navbatida sotuv hajmi va foydaning ko`payishidan, aksincha holat esa, korxonaning moliyaviy ahvolining tangligidan dalolat beradi.

2. Aylanma aktivlarning aylanish koeffitsiyenti (Ka) ma`lum bir davr (1 yil, 6 oy, 1 oy) ichida aylanma aktivlari necha marta aylanganidan dalolat beradi va quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:



Aylanma aktivlar ma`lum bir davr oralig`ida qancha ko`p aylansa, uning samaradorligi shuncha yuqori bo`ladi, ya`ni shuncha marta daromad olishga erishish mumkin. Har bir xo`jalik subyekti o`zida mavjud bo`lgan aylanma mablag`larning tezroq aylanishini ta`minlashi lozim. Bu esa korxona tushumining ko`payishiga, uning mol yetkazib beruvchilar, budjet, bank va boshqa subyektlar oldidagi majburiyatlarini o`z vaqtida bajarishga imkon yaratadi.

3. Aylanma aktivlarning samaradorligini ifodalovchi keyingi ko`rsatkich - korxonaning o`z aylanma mablag`lari bilan ta`minlanganlik darajasi yoki muxtoriylik koeffitsiyenti (Km)dir. Bu ko`rsatkich korxonaning moliyaviy jihatdan mustaqillik darajasini ko`rsatib, o`z mablag`lari manbalarini korxona balansining jami passiviga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.

O`zMM - o`z mablag`lari manbasi (balans 390 qator);

Bp - balans passivi (550 - qator).

Korxonaning o`z mablag`lari bilan ta`minlanganlik darajasi 30 foiz dan kam bo`lmasligi lozim. Agar bu ko`rsatkich 60 foizdan yuqori bo`lsa, kreditlash bo`yicha risk minimal bo`lishi mumkin.

4. Korxona oborotida mavjud bo`lgan o`z aylanma mablag`lari miqdori korxonaning likvidliligini ifodalashi mumkin.

Bu ko`rsatkich (HMA) quyidagicha aniqlanadi:




Download 104,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish