Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha


Respublikada inson resurslarining mintaqaviy joylashish holati



Download 1,27 Mb.
bet32/129
Sana30.12.2021
Hajmi1,27 Mb.
#192631
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   129
Bog'liq
2 5431881092422438601

4.2. Respublikada inson resurslarining mintaqaviy joylashish holati


Taraqqiyot aholi soniga, uning mehnatga yaroqli qismi miqdoriga, inson resurslariga va hudud bo‘ylab qanday joylashganligiga bog’liq.

Demografik jarayonlar, ya’ni aholi sonining ko'payishi, bu o‘sishning xususiyatlari va sur’ati, tug’ilish darajasining o‘zgarishi, oiim darajasi, nikohda bolish, avlodlar almashinuvi, uzoq yoki qisqa umr ko'rish, jismoniy balog’at va oila tarkibi kabilar butun jamiyat rivojlanishi bilan o‘zaro uzviy aloqadadir. Ular jamiyat rivojlanishiga tobe bo'lib, unga ta’sir o'tkazadi, u yoki bu davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar kechishini osonlashtiradi yoki qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham aholi sonining o'zgarishiga aloqador muammolar, uning hududiy joylashuvi va mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri turli fanlar vakillari — demograflar, iqtisodchilar, geograflar, faylasuflar, huquqshunoslar, tibbiyotchilar va boshqalar diqqatini doimo jalb etib keladi.

0 ‘zbekiston Respublikasi qadimiy tarixga ega, u Markaziy Osiyoda yuksak dehqonchilik va shahar madaniyatining beshigi hisoblanadi. 0 ‘zbekiston durdonasi — Farg’ona vodiysi, Zarafshon va Qashqadaryo vohalari havzasi, shuningdek, Amudaryoning quyi oqimi qadim zamonlardan buyon mintaqaning aholi zich yashaydigan vohalaridir. Qishloqlar aholisi mintaqa uchun an’anaviy sanalgan paxtachilik, pillachilik, bog’dorchilik, uzum chilik, polizchilik,chorvachilik bilan, shahar aholisi esa xalq hunarmandchiligining har xil turlari bilan shug’ullangan.

Bugungi O'zbekiston — Markaziy Osiyoning yirik industrial va qishloq xo'jaligi mintaqasidir (24).

O'zbekiston Respublikasi aholisining umumiy soniga ko'ra, MDH tarkibiga kiruvchi mamlakatlar o'rtasida uchinchi o'rinni egallaydi va faqat Rossiya bilan Ukrainadan keyin turadi. 2005 yilning boshida respublika aholisi soni 26 million nafarni tashkil etdi.

Aholining yuqori sur’atlar bilan o'sishi O'zbekistonga xos xususiyatlardan biridir. Shu jihatdan olganda, u qo'shni Tojikiston bilan birgalikda barcha yaqin chet mamlakatlar o'rtasida yetakchi o'rinni egallaydi. Respublika aholisi yiliga taxminan 350- 400 ming nafarga ko'paymoqda.



4.1-jadval O'zbekiston aholisi haqida ma’lumot

(ming kishi)

Viloyatlar 2000yil 2001 yil 2002yil 2003vil 2004vil 2005yil

O'zbekiston Respublikasi 24654,5 24965,9 25271,3 25567,7 25857,1 26021,3

Qoraqalpog’iston R. 1515,3 1533,3 1546,1 1556,0 1564,0 1569,9 Andijon 2204,0 2233,7 2265,2 2294,4 2327,1 2342,7

Buhoro 1428,1 1446,2 1464,2 1482,0 1497,9 1507,5

Jizzah 982,9 998,2 1012,0 1025,1 1036,5 1043,2

Oashqadaryo 2189,8 2232,9 2274,2 2315,5 2357,3 2378,5

Navoiy 787,4 792,9 797,6 802,0 807,4 810,1

Namangan 1940,4 1969,4 1997,8 2028,1 2056,4 2073,2

Samarqand 2690,1 2729,9 2769,2 2807,6 2845,7 2867,1

Surhandaryo 1753,9 1787,0 1817,9 1849,3 1878,6 1894,8

Sirdaryo 645,9 653,4 660,6 666,3 670,0 672,2

Toshkent 2360,2 2380,4 2401,4 2421,0 2440,9 2452,2 Forg’ona 2680,4 2713,0 2747,3 2782,4 2819,1 2840,9

Xorazm 1335,8 1358,3 1379,9 1400,6 1420,5 1432,7

Toshkent shahri 2140,4 2137,2 2136,5 2139,1 2135,3 2135,6

M anba: С оциальное развити е и уровень ж изни населен ия в У збекистане. Т. 2005. С. 38.

O'zbekiston aholisi sonining ko'payishi bir qancha sabablar: tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va, ayniqsa, respublika uchun xos bo'lgan demograflk omillar ta’sirida yuz bermoqda. O'z navbatida bu omillar ham bir-biri bilan bevosita bog’langandir.

Ko'p yillar davomida respublika aholisining soni bir me’yorda ko'payib bordi. Ammo bu holat bir qadar buzilgan davrlar ham kuzatildi. Statistika ma’lumotlarining tasdiqlashicha, butun tarix mobaynida respublika aholisi

49

ko‘payishining eng yuqori sur’atlari hozirgi bosqichga to'g’ri keladi: aholi sonining



o‘itacha yillik ko‘payishi 3-3,5%ga yetmoqda. Keyingi o‘ttiz yil mobaynida 0 ‘zbekiston aholisi soni qariyb 12 million nafarga ko‘paydi, undan oldingi o‘ttiz yillik davr mobaynida esa 3,5 million nafarga ko‘paygan edi, xolos.

Mamlakat aholisi o'sish sur’atlarining boshqa mintaqalarga nisbatan muttasil ildamroq borishi MDH tarkibiga kirgan davlatlar aholisining umumiy sonida 0 ‘zbekiston Respublikasining salmog’i muntazam oshib borayotganida yaqqol kuzatilmoqda. Chunonchi, agar 1926 yilda 0 ‘zbekistonda hozirgi MDH tarkibiga

kirgan mamlakatlar aholisining uch foizdan sal ko'prog’i yashagan bo‘lsa, endilikda bu ko'rsatkich yetti foizdan ziyodroqni tashkil etmoqda.

Respublika aholisi hududlar bo'yicha birday joylashgan emas, binobarin, aholining o‘rtacha zichligi jihatidan 0 ‘zbekiston MDHga kirgan qator mamlakatlardan va Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalaridan oldinda turadi.

Tabiiy shart-sharoitlari o‘ziga xos xususiyatlarga — tog’, dasht, voha, vodiy iqlimiga ega bo'lgan 0 ‘zbekistonda aholining asosan vohalarda yashashi ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Farg’ona vodiysining uch viloyati (Andijon, Namangan, Farg’ona) 0 ‘zbekiston hududining atigi 4 foizdan ortiqrog’ini egallagani holda u yerda aholining qariyb 28%i istiqomat qiladi.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish