Yettinchi bob
Rasmiy idoralarning katta daftarlarida uchastka noziri, xalq
orasida uchastkavoy deb ataladigan, ko`zlarini pirpiratib teztez
gapiradigan, har qanday ishga ham tez kirishib, ko`pincha,
boshlagan ishini oxiriga yetkazmay chala tashlab ham
ketaveradigan bu yigitning ismi Furqat, katta idoralarning
katta daftarlariga leytenant Furqat Erkayev deb yozib
qo`yilgan.
Ana shu yigit militsiya xonasini buzib qochgan Egam
bilan Karimni topa olmaganiga, ushlab qaytadan qamab
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
qo`ymaganiga, dovdiratib qo`yadigan burama savollar berib
alamidan chiqmaganiga o`zini hech kechira olmayapti. O`sha
kuni shoshilib, kech boiib qolgan boisa ham, idorasiga
qaytib keldi.yu, eshik lang ochilganini ko`rib, bu ikki bezori
eshikni buzib chiqib ketganga o`.xshaydi,.demak,.yo ularning
tashqarida odami bormikan, ha, ha, odami boigan. Aniq
o`sha odamlari ochib bergan bu eshikni, militsiya xonasini
ruxsatsiz ochishga kimning haddi sig`di ekan, bu hukumatga
qarshilik ko`rsatish emasmikan, deb o`ylaydi leytenant.
O`ylagan sari g`azabi oshib, tepa sochi tikka boiib
boraveradi. O`zicha yana:
. Ertalab maktabda Shokir bilan mushtlashuv boidi . bir.
Yarmarkada quyonchi bolani urgan emish . ikki. G`.ulomning
akasi bilan mushtlashib boshini yorgan emish . uch. Mana
militsiya idorasini buzib qochibdi . to`rt, . deb tinmay sanab
Egam bilan Karimning uylarini moijalga olib, g`azab otiga
minib, qadamlarini katta tashlab borayapti.
Egamberdilarning ko`cha eshigini oyogi bilan tepib ochib
ichkariga shiddat bilan kirib bordi. Qosimali suvchi sigiriga
xashak solish, tagini tozalash bilan mashg`ul. Shakarxon aya
qozon ostiga o`t qalab hozirgina sogib olgan sutini qaynatib
qo`yish bilan ovora.
. Egam qani. . leytenantning blrinchi savoli shu boidi.
Qosimali suvchi asta boshini ko`tarib, leytenantgayaqinroq
kelib, biroz angrayibroq qarab turdi.da:
. Vaalaykum assalom, . dedi xuddi yosh bolaga tanbeh
bergandek ohangda.
Leytenant o`sal bo`ldi.yu, sezdirgisi kelmay:
. O`giinjgiz qani deyapman. . deb so`radi yana.
. Uni siz bilasiz, kecha qamab qo`jnbsiz.ku, kamandir.
. Kechasi o`giingiz qochgan deyapman.
. Qochganmi qochmaganmi, uni siz bilasiz... keyin
kamandir, boiar.boimasga yosh bolani qamayverish ham
yaxshi emas. Shu bilan mening o`g`limni uchinchi.bor hibsga
olayapsiz.
. O`giingiz kecha bir kunning o`zida t o ` r t marta
mushtlashgan.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. Demak, kecha meni o`g`limni to`rt marta xafa qilishgan,
kim seni xafa qilsa kechirma, jag`iga tushir, deb men
aytganman.
. Demak bezorilikni siz o`rgatyapsiz ekandi.
. Ha men o`rgatganman. Seni kim haqorat qilsa, sen undan
baland kel deb o`rgatganman. Birov seni ursa mening oldimga
yig`lab kelma deb o`rgatganman. Kamandir, biz kichkina
odammasmiz, bilib qo`ying, fermermiz. Hukumat ham kim
fermerai haqorat qilsa, mana menga murojaat qilinglar,
ta`zirini berib qo`yaman deganlar... Bechora o`g`lim uy
ishlariga qarashsa, sigir boqsa, sut.qatiqni pullab kelsa, kechasi
uxlamay kitob o`qisa, yana tag`in nima qilsin. O`g`limni tezroq
topib bering, bo`lmasa men sizning generalingizni taniyman
borib o`shanga arz qilaman.
Uchastka noziri gap yo`q, so`z yo`q, xuddi buyruq olgandek
keskin burilib chiqib ketdi. Hamma uning soyasiga salom
berardi, hukumatning odami deb hurmatini joyiga qo`yardi,
bu Qosimali suvchi deganlari g`alati ekan.ku, fermer bo`lsang
o`zingga, sendaqangi fermerdan dunyoda mingtasi bor, hali
shoshmay turgin, ota.bola ikkovingni shunday jazolayki, deb
o`yladi u. Ko`cha eshikkayetmasidan Qosimali suvchi xotiniga
≪orqasidan bor, Egamni o`ylab yuragim g`ash bo`lib turuvdi,
ortiqcha gapirib qo`ydim shekilli, kechirim so`ra≫, deb buyurdi.
Shakarxon aya Egamni, onamni sen o`idirgansan, deb, gap
tarqatib yurgani uchun yomon ko`rar edi. Har bir harakatidan
yomonlik axtarar edi, oxir.oqibatda undan qutilsaydim, deb
yurardi. Egam haqida gap ochmoqchi bo`lgan.u lekin, eridan
istihola qilib hayiqayotgan edi. Endi esa erining ≪bor,
orqasidan chiq≫, degani ayni muddao bo`ldi.
. Hoy inim, to`xtang, . dedi leytenantning orqasidan
yugurib. Leytenant to`xtamadi. Shakarxon aya ostona hatlab
ko`chaga chiqdi. To`rt hatlab uchastka noziriningyo`lini to`sdi.
. Egam haqida so`rayapsizmi.
. Kerak emas, otasi shunaqa bo`lgandan keyin bolasi
qanaqa bo`lar edi.
. Otasi sizdan kechirim so`rayapti.
Leytenant yurishdan to`xtab, qoshlarini g`alati chimirdi.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. Xo`p, nima demoqchisiz.
. Bezori Egamning dastidan hamma dod deydi, shuni
aytmoqchiman, uning kimligini mendan so`rang.
. Xo`p ayting.
. Og`zaki aytaman, daftaringizga yozmasangiz, aytaman.
. Xo`p yozmayman.
. Bu quyon jinnisi oldin, bolaligida kalamush ham boqqan
ekan.
. Kalamush..
. Ha, kalamush boqqan ekan, keyin xo`roz urishtirishga
berilibdi. Biryo`la o`ttizta tovuqni qimordayutqizib qo`ygan...
xudo urganyolg`onchi ham, sut.qatiqni bozorchadayaxshigina
sotadi.da, yarim pulini berkitadi, pulning qolgani qani
desangiz sutingiz achib qoldi, deb yolg`on gapiradi. Sigirni
dalagayetaklab boradi.da, oftobga boylab qo`yib o`zi salqinda
kitob o`qiydi. Kitob o`qiyverib miyasi aynib ketgan. Mahallada
mana shu Karimdan boshqa hamma bola bilan mushtlashgan.
Hatto qizlar bilan ham urishgan. Sarviniso degan qizni mazax
qilib, masxaralab she`ryozgan ekan. Ikkita akasi kelib shunaqa
urdiki... mana endi bu jinni mollarga qarash o`rniga bir yildan
buyon quyonlargayopishib oldi... G`ulom degan bir yaxshigina,
imtizomligina bola bilan ham quyon talashib qirpichoq
boigan... Yovvoyi quyon ushlayman deb kuzda jarma.jar
sanqib umr o`tkazadi, axir, kap.katta boiib qoldi, dadasiga
qarashsa boimaydimi, menga qarang inim, hech bo`lmasa uchto`rt
kunga qamang. Agar qamatsangiz men ajratib olgan
bo`laman.da, shunda zйro menga mehr qo`ysa, orqamdan
yomon gaplar tarqatishni bas qilsa... Qamaysizmi.
. Ko`ramiz.
. Agar aytganimdek qilsangiz, uyingizga qaymoq jo`natib
turaman. Qizingizga ayting, hech tortinmay kelaversin.
Leytenant qaymoq so`zini eshitib, tamini sezib, bir
tamshanib yutindi.yu, indamadi. Karimberdining uyiga
yo`naldi. Darvozalari ochiq boisa.da bostirib kirishga botina
olmay, ko`cha eshikni ohista.ohista taqillata boshladi. Xayriyat,
Karimberdining onasi uyda ekan. Gap qisqa boidi. «Otin aya
yigiamsirab, musichadek yuvosh o`g`limga onasi oiib,
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
mung`ayibgina qolgan yetimcha Egamga hadeb yopishaverasizlarmi,
bechora bolalarimda ayb nima. Olloh ko`ngillariga
quyonrboqishni solgan bo`lsa tinch qo`ymglar.da, ana, dadasi
bilan gaplashing≫, deb ichkariga kirib ketdi. Bog` tomondan
Siroj birgadir chiqib kela boshladi. Qo`lida ketmori, qovog`i
soliq, vajohatixunuk, salomlashmadi ham. Gapni qisqa qilib:
. Bolalarni qamab to`g`ri qilgansiz. Bular ayni buziladigan
yoshda, . shunday deb qo`lidagi ketmonni gurs etkazib yerga
bir urdi, . xo`p mayli, ko`p sho`xliklariga chidadim. Endi anavi
ota bezori Egamga qo`shilib quyonbozlik qilib yuribdi. Bir
yildan buyon ahvoli shu. Oldin o`shayetimchani jazolash kerak
edi. Agar Egam o`g`lim bo`lganda mana shu ustunga, raana
bu arqon bilan bog`lab, uch kun ovqatsiz qoldirib jazolardim.
Mening odatim shunaqa, eshitgandirsiz.
. Eshitganman, o`g`illaringizni ustunga bog`lab qo`yib
jazolar emishsiz, lekin bu usul yaxshi emas.
. Nimasi yaxshi emas.
. Eshitishimcha, bu usulingiz xonlar zamonidan qolgan
ekan, o`sha zamonlarda aybdorlarni bog`lab qo`yib jazolash
avj olgan ekan. Hayronman, bu usul haligacha saqlanib
kelayotgan ekan.da.
. Yo`q, tarbiyaning eng yaxshi usuli bu, . tushuntira boshladi
Siroj birgadir, . mana men kolxozda o`ttiz yil birgadir
bo`lganman. Normani bajarmagan, gapga kirmagan, qaysar
a`zolarimni yer o`rtasidagi tutga bog`lab qo`yardim. Planlar
vaqtidabajarilardi, qo`sha.qo`sha mukofotlar olishardi, ordenlai`
olishardi. Raykom sekretari kelib Siroj aka, bopladingiz, deb
maqtab ham ketardi. Shunaqa leytenant uka, ikkala bolani
qamab to`g`ri qilgansiz... Vaqtingiz bo`lsa, o`tiring birgalashib
nonusbta qilamiz, ana opangiz jizzali non yopgan...
. Siroj aka bolalar qochib ketganmi yoki qochirishganmi,
bilmadim.
. Qochgan bo`lsa, izlab topish endi sizning vazifangiz. Men
shoshib turibman. Bug`doyni sug`orish navbati menga kelgan.
Bilasiz.ku, hozir fermerlar o`rtasida suv talash... O`g`limni
ushlab dalamga olib borib bersangiz, tovug`ingizga bir qop
bug`doy beraman.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Leytenant o`sha kuni yigitchalarning masjidda
tunaganligini, Zabihillo zargarning do`koniga kirganini
aniqladi, keyin izlarini topa olmadi. Egamberdi bilan
Karimberdi boisa qo`shni tumanga borib ko`proq quyonlar
keltirish harakatida edilar, keltirdilar ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |