O`n to4qqizinchi bob
O`rkach.o`rkach boiib bir.biriga suyanib yotgan adirlardan
so`ngpoyonsizdek ko`ringan sayhonlik boshlandi. Bu togiarda
na bir tup daraxt o`sadi, na bir tup giyoh bor. Erta bahorda,
yomg`irli pallalarda gurkirab o`t.o`lanlar, bir nafaslik
lolaqizg`aldoqlar o`sadi. Saraton issig`i boshlanishi bilan yana
do`mboq.do`mboq toshlaru o`tkir qirrali mayda.mayda
shag`allardan boshqa hech narsa qolmaydi. Cho`ponlar ham
o`tloq axtarib yuqorilab ketishadi, dasht yana uvillagan daydi
shamollaru yer kavlab tinmaydigan yumronqoziqlar ixtiyorida
qoladi. Bu yaydoq dashtlarga xonlar nega toshsupa qurganiga
o`shanda geografiya muallimasi tushuntirib bera olmagan edi.
O`sha gai kelganlarida mana shu yerlarda butun.butun
boigan toshlardan tiklangan katta.katta supalarni ko`rishgan
edi, endi boisa kavlab ketishibdi. Silliq toshli supalar
vayronaga aylanibdi. Supalar yonida cho`ponlarning pastakpastak
uychalari ham bor edi, bularni ham buzib tashlashibdi...
Egamberdi bilan Karimberdi bu yerga Xonsupani.yu
pastak.pastak boisa ham cho`ponlarning uychalarini axtarib
kelishgan edi. ≪Kelin bosti≫ dovoniga yetib olguncha, hech
boimasa bir kecha tunab o`tamiz deyishgan edi.
Yo`lda, behuda urinaverib charchab simto`rni teshib
chiqaman, deb betoqat bo`layotgan quyonlarni yerga qo`yib,
o`zlari ham muzdek.muzdek toshlar ustiga o`tirishdi. G`alati
bir kayflyatni ikkovlari tengdan seza boshladilar. To`satdan
boshlarini xam qilib oldilar. Bir.birlariga qaragilari
kelmayotgandek, so`yib yeyman, maza qilaman deb kun bo`yi
ko`tarib yurgan qovunini o`g`irlatib qo`ygan yosh boladek
tushkun bir holatga tushib qoldilar. Bu holat uchun aybni
kimdan axtarishni bilishmas edi. Charchagan qalblaridagi
61
Tog`da qorong`ulik tez tushar ekan. Quyonlarni
ovqatlantirib, o`zlari ham ul.bul yeb olgunlaricha, atrofga
shunday qorong`ulik tushdiki, shundoqqina oldilaridayengilengil
irg`ishlab, bir.birlariga ishqalanishib, g`alati.g`alati
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
g`ussani chiqarish uchun biron narsani o`ylab topishni juda
ham istashardi. Egamberdi, to`satdan o`rnidan turib, maydamayda
toshlarni jahl bilan uzoq.uzoqlarga qulochkashlab ota
boshladi. ≪Agar o`sha bizni mana shu yerga boshlab kelgan
geografiya muallimini hozir ko`rsam, shu toshlar bilan
o`ziniyam, o`rmonlarda adashib qolgan eriniyam rosa
o`yinlar ko`rsatayotgan oppoq quyonlarni sim kataklarga
Ikki o`rtoqning qulfi.dillari ochilib ketdi. Bir tomondan
ertangi kunning noma`lumligi, yana bir tomondan atrofni
o`rab olgan qorong`ulikning vahimasi, tinmay gaplashishga
undar, gaplashsang qalbingdagi vahima, qo`rquv chekinadi,
deyotgandek edi. To`satdan qattiq sovuq tushdiki, bamisoli
charaqlab turgan osmon yerga sovuq havo purkayotgandek
bo`lib tishlari taraklay boshladi. Badanimizdagi harorat havoga
uchib ketib qolmasin, deb bir.birlarini achomlab olishdi.
Yaqindan, juda.juda yaqindan tulkining chaqaloqqa o`xshab
ingillayotgani eshitildi.
. Tulki yig`layapti. . xavotirlangannamo dedi Egamberdi.
. Bilib turibman, . deb qo`ydi Karimberdi.
. Tulki quyonlarni sezganga o`xshaydi.
. Xudoga shukur qilaylik, bo`ri emas ekan.
. Bo`ri hid bilmaydi.da, bilganda allaqachon yetib kelgan
bo`lardi.
Bo`ri degan so`z qalblaridagi qo`rquvni qo`zg`ab yuborganga
o`xshaydi. Hali, toshlardan qo`rg`oncha qurayotganlarida
yarim qulochcha keladigan ternir tayoq topib olgan edilar.
Egamberdi shoshilib uni qo`liga oldi. Karimberdi nima
qilayotganini anglamagan holda, ikki toshni bir.biriga urib
ovoz chiqara boshladi. O`rtog`i ham qo`shildi. Bir nafasdan
so`ng hamma yoqni shaqur.shuqur ovoz qoplab ketdi. Jim
bo`lib quloq solishdi. Tulki qochib ketganga o`xshaydi, endi
yig`lamayapti. Sovuq yana kuchaydi. Bir.birlarining
bag`irlariga battarroq kirishdilar. Atrofda sovuq sukunat
hukmron. Sovuq sukunat sovuq.sovuq hushtak chalayotganga
o`xshaydi.
. Egam, kel gaplashaylik.
. Nimani gaplashamiz.
. Rostini ayt, shu shaddod Fotimani yaxshi ko`rasanmi.
. Yaxshi ko`raman, yana nimani yaxshi ko`raman deymi,
muallimlar menga ikki baho qo`yayotganda uning achinib
qarashini yaxshi ko`raman, bolalar bilan mushtlashganimda
doim mening yonimni olishini yaxshi ko`raman. Direktor
kabinetimga nega tosh otding, oynagimni nega sindirding,
seni maktabdan haydayman deganda, esingdami, hamma
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
bolalar, qizlar ham boshlarini mana bunday egib, jim
turishganda, Fotima dast o`rnidan turib, ustoz, kabinetingiz
oynagini qimorboz bolalar sindirgan, o`z ko`zim bilan
ko`rganman, deb aytgan, ana shu aytgan gapini ham yaxshi
ko`raman, Karim, bilasan.ku mening mehribon onam ham,
senikiga o`xshagan opacham ham, tag`in senikiga o`xshagan
qo`sha.qo`sha xolalarim ham yo`q. Fotimaga o`xshagan qiz
meni sevishini, ham ona, ham opa, ham xola o`rnini bosishini
istayman, juda.juda istayman... Sen ham Zuhroni sevasanku,
sen ham uncha.muncha gapir.
. Zuhroni sevamanmi, sevmaymanmi aniq bilmayman. Bir
marta doinboqqina barmoqlarini kaftim orasiga olganimda,
butun vujudim lovillab yonib ketgandek boidi... Bu sevgimi,
sevgi emasmi, bilmayman.
Tong otguncha uxlay olmadilar, goh muallimlar haqidagi,
goh sinfdoshlar haqidagi fikrlarini bir.birlariga aytib,
maqtaydiganini maqtab, ko`ngli toimaganlarini yomonlab,
goh kelajakda qanday qizga uylansalar yaxshi boiadi.yu,
qanday qizga uylanmasliklari kerakligini haqidagi o`yllkrlarini
o`rtaga tashlab tong ottirdilar.
. Egam, . dedi Karim keskin bir ohangda.
. Nima deysan.
. Sen bir.
. Bilaman.
. . Men noi.
. Bilaman.
. Ikkovimiz qo`shilsak o`n boiamiz.
Ikkovlari baravar o`rnilaridan turib:
. Umrimizning oxirigacha hamisha okn boiamiz deyayana
bir marta quchoqlashib oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |