Tadqiqotning maqsadi: Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) muomalasi va uning ahamiyatini oshirish yo`llarini ishlab chiqish va ahamiyatini aniqlashdan iboratdir.
Tadqiqot predmeti: Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) muomalasi va uning ahamiyatini oshirish yo`llarini, tashkillashtirish usullarining pedagogik faoliyatdagi o‘rni va ahamiyatini o`rganish deb oldik.
Tadqiqot obekti:tadqiqot obekti sifatida Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanidagi 24-maktab pedagogik jamoasi yosh o‘qituvchilari olindi.
Tadqiqotning vazifalari belgilab olindi:
Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) muomalasi va uning ahamiyatini oshirish yo`llarini aniqlash;
Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) muomalasi va uning ahamiyatini kuchaytirish yo`llari, pedagogik mahoratini yanada rivojlantirish uchun qo’llaniladigan samarali usul va vositalarini tasniflash;
Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) muomalasi va uning ahamiyatini kuchaytirish yo’llarining pedagogik shart-sharoitlarini nazariy va metodik jihatdan asoslash;
To’plangan nazariy-metodik ma’lumotlar va tajriba-sinov natijalari asosida uslubiy tavsiyalari berish.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqotning maqsadi va masalalariga mos ravishda quyidagi metod va metodikalardan foydalanildi:
Tadqiqot davomida bir-birini to`ldiradigan va nazorat qiladigan metodlar majmui qo`llandi, ilmiy adabiyotning tizimli, ilmiy nazariy tahlili, kuzatishlar, suhbatlar, kuzatuvchi eksperimentlar, statistik metodlar.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:unda Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) muomalasi va uning ahamiyatini kuchaytirishning samarali vosita va usullarini ochib beriladi. Yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda o‘qituvchi (pedagog)ning pedagogik mahorati mazmunini o’rganish va pedagogik mahoratni aniqlash usullarining ahamiyatini tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asosladik.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: O’rganilgan adabiyotlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida to’plangan ma`lumotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda guruh rahbarining faoliyatida pedagogik mahoratining ahamiyatini o`rganishda yordam beradi.
- Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) muomalasi va uning ahamiyati o`rganildi hamda uni amalga oshirish vositalari belgilandi;
- Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) muomalasi va uning ahamiyatini aniqlash uchun muassasa, pedagog-o`qituvchilar faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlash imkonini beradi;
Shu bilan birga tadqiqot natijalaridan olingan ma`lumotlarni ta`lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o‘qituvchi (pedagog) muomala madaniyatini rivojlantirish mexanizmlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, to’plangan ma`lumotlardan pedagog-o`qituvchilar, guruh rahbarlarida keng doirada qo’llash imkoniyatini beradi.