MAVZU: O`QITUVCHINING O`QUVCHILAR BILAN MULOQOTNI TASHKIL ETISH USULLARI VA MOHIYATI
KIRISH
I-bob. Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) mahoratida muomalaning o`rni va ahamiyatining muammo sifatida o’rganilishi
Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) ning kasbiy faoliyatidagi muloqot tizimining ilmiy-nazariy tahlili Tarbiya jarayonida o‘qituvchi (pedagog)ning muomalasi - pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘nalishlari
Bob yuzasidan xulosa
II-bob. Tarbiyaviy jarayonida o‘qituvchi (pedagog) muloqot madaniyatining shakllanish yo‘llari va uning tarbiyaga ta’siri tahlili
2.1.O‘qituvchi (pedagog) kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi yo‘llari va shart-sharoitlari
2.2. Tarbiya jarayonida o‘qituvchi(pedagog)ning muloqoti va sharqona tarbiya ta’sirining tahlili
Bob bo’yicha xulosalar
XULOSA VA TAVSIYALAR
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqilik tufayli o’z taraqqiyot yo’lidan borayotgan O’zbekistonda yangicha fikrlaydigan bo’layotgan voqea hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan muloqotning sir asrorlarini o’rgangan insonlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmokda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Ta`lim to’g’risidagi qonundan ko’zlangan maqsad jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishdan iborat» Ushbu muammoni hal etish ta`limning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib, mustaqil fikrlovchi raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarga bugungi kunda ehtiyoj katta.
O’zbekiston Rrespublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmon bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Rrespublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 4.4-bandi Ta`lim va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda “ta`lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oily ta`lim muassalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” qat`iy vazifa sifatida belgilanadiki, uning asosida zamon bilan birga faoliyat yuritish muhim hisoblanadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarda kelajak avlodni mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalashga alohida e`tibor berishmoqda.
O’qituvchi (pedagog) ta`lim muassasasi, umumiy o’rta ta’lim maktabi, o’quvchilarning oilalarida sog`lom muhitni yaratish uchun muassasa, pedagog-o’qituvchilar va ota-onalar hamkorligi faoliyatini rivojlantiruvchi asosiy shaxs hisoblanadi. Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) muomalasi va uning ahamiyati, pedagogik faoliyati mohirona, yaxshi uyushtirilgan va yo’lga qo’yilgan bo`lsa bolalar bilan olib boriladigan butun tarbiyaviy ishlarning muvafaqqiyatli bo’lishiga garov hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog) muomalasi va uning ahamiyati” mavzusi kurs ishi uchun belgilab olingan bo’lib, hozirgi kunda O’zbekiston demokratik davlatchilik islohotlarini amalga oshirar ekan, tarbiyalanayotgan kelajagimiz vakillarining har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib etishishlarida guruh rahbarining pedagogik bilimdonligi va mahoratini va rivojlantirish masalasi eng dolzarb vazifalardan bo’lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |