Axmedova nodiraxonning


UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR



Download 266,5 Kb.
bet12/13
Sana24.04.2022
Hajmi266,5 Kb.
#579255
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O`QITUVCHINING O`QUVCHILAR BILAN MULOQOTNI TASHKIL ETISH USULLARI VA MOHIYATI

UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Ta’lim-tarbiya tizimini ma’naviy muhit, ma’naviy faoliyat va ma’naviy anglash bosqichlaridan iborat andozalar asosida tashkil etishda ushbu mezonlar talablariga rioya qilish belgilangan maqsadni samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bunda o‘qituvchining muloqoti asosida o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ham muhim ahamiyatga ega:

  1. O‘quvchi ma’naviy faoliyat asosida o‘zligini anglashni shakllantirish uchun ma’lum bir muhitda ma’naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit va faoliyat bo‘lishi mumkin emas. SHuning uchun o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish samaradorligini ma’naviy harakat omili ta’minlaydi.

  2. Ma’naviy qadriyatlarning mohiyati, ma’naviy-axloqiy tajriba, o‘qituvchining ta’sirchan nutqiy muloqoti vositasida o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Nutqiy aloqalar tarbiya jarayoni ob’ektlari va sub’ektlari orasida kechadi va o‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchining xulq namunasi, ma’naviy harakati, nutqiy aloqalar samaradorligi o‘qituvchi va o‘quvchining muloqoti asosidagi faoliyat munosabatlari bilan belgilanadi.

  3. Ma’naviy qadriyatlarning tarbiyaviy imkoniyatidan ta’sirlanish va amaliy faoliyatda ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilishini ta’minlab, o‘quvchi ma’naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyatini yanada takomillashtirish ta’lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o‘qituvchi va o‘quvchi) doimiy ijodkorlikni talab qiladi. Ijodkorlik – milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida uning imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi.

  4. O‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muvaffaqiyati o‘qituvchining muloqot olib borish psixologik taktikasi omillariga ham bog‘liq. Ushbu omilni harakatlantiruvchi sharoitlar:

– o‘qituvchining pedagogik-psixologik va maxsus fanlar integratsiyasi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi;
– mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy mahorati;
– o‘quvchilar bilan o‘zaro do‘stona muloqot madaniyati;
– o‘quvchilarning ruhiy holatini tez bilib olishi;
– o‘qituvchi ma’naviy madaniyatining shakllanganlik darajasi;
– ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usul va metodlarini tanlay bilishi;
– zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari to‘g‘risida chuqur ma’lumotlarga ega bo‘lishi;
– o‘qituvchining pedagogik jamoa orasidagi hurmat – e’tibori.

  1. O‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilarda ham ijodkorlik omilini takomillashtirib boradi. O‘quvchida uning sifatlari quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:

  • ma’naviy qadriyatlarni, an’analarni o‘zlashtirishga qiziqishda ehtiyoj va talabning kuchliligi;

  • o‘rganilayotgan fanlar asoslarini egallashga ijobiy munosabat;

  • ma’naviy madaniyat saviyasi, dunyoqarashi;

  • o‘z-o‘ziga nisbatan talabchanlik;

  • tabiatga, atrof-muhitga ongli munosabat;

  • yangiliklarni va axborot texnologiyalarini o‘rganishga qiziqish;

  • ijtimoiy va shaxsiy faolligi;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi;

  • tashabbuskorligi va ijodkorligi.

O‘quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi ta’lim mazmuniga asoslanib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish saviyasiga bog‘liq.

Download 266,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish